Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Siyosiy mahbuslarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan marafon uch oyda 378 ming yevro to‘pladi
Iyul va avgust oylarida tashkilotchilar 100 nafardan ziyod siyosiy mahbusga yordam ko‘rsatishga muvaffaq bo‘lgan.

Foto: AFP
Siyosiy mahbuslarni qo‘llab-quvvatlash munosabati bilan 2024 yilning yozida o‘tkazilgan «Sen yolg‘iz emassan» marafonida 378 ming yevrodan ortiq mablag‘ to‘plandi, deb xabar beradi «Meduza».
Marafon 12 iyun kuni bo‘lib o‘tgandi. Unda «Meduza», «Dojd», «Mediazona», «Qo‘llab-quvvatlov xizmati» va boshqa mustaqil medialar ishtirok etgan. Marafon yakunlangan bo‘lsa-da, donatlarni yig‘ish hozir ham davom etmoqda.
Iyul va avgust oylarida tashkilotchilar 100 nafardan ziyod siyosiy mahbusga yordam ko‘rsatishga muvaffaq bo‘lgan. Yordam bir vaqtning o‘zida hamda muntazam ravishda amalga oshirib kelinmoqda.
Siyosiy mahbuslarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan marafon ikkinchi marotaba o‘tkazilmoqda. Birinchi safar u 2023 yilda tashkil etilgan bo‘lib, 39,43 million rubl to‘plangandi.
«Rossiyada siyosiy sabablar tufayli ta’qibga uchraganlar, shuningdek, ularning oilalariga yordam kerak… Xavfsizlik nuqtai nazaridan biz doim ham rublda xayriya qilingan mablag‘larni qabul qila olmaymiz», — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 1 avgust kuni Rossiya va G‘arb mamlakatlari keng ko‘lamli mahbuslar almashuvini o‘tkazgandi. Shu kuni rossiyalik siyosiy mahbuslar bo‘lgan samolyot Germaniyaning Kyoln shahridagi aeroportga kelib qo‘ngan edi. RF hukumati Germaniya va AQShga Vladimir Kara-Murza, Ilya Yashin, Oleg Orlov, Andrey Pivovarov, Sasha Skochilenko, Liliya Chanisheva, Kseniya Fadeyeva, Vadim Ostanin, Kevin Lik, Demur Voronin, German Moyjyes, AQSh fuqarolari Pol Uilan, Evan Gershkovich, Alsu Kurmasheva, Germaniya fuqarosi Patrik Shebelni topshirgan. Shuningdek, Belarus Germaniya fuqarosi Riko Krigerni qaytargan.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul boshlandi
Ta’lim | 12:15
-
Pora bilan ushlangan MIB xodimi 6 yilga qamaldi
Jamiyat | 12:13
-
Tramp Putin bilan uchrashuv muvaffaqiyatsiz yakunlansa, sanksiyalardan voz kechmaydi – Grem
Jahon | 11:51
-
Haftaning ikkinchi yarmida havo harorati pasayishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 11:42
Mavzuga oid

21:35 / 15.07.2025
114 yoshli marafonchi mashina tagida halok bo‘ldi

23:21 / 08.05.2025
Toshkentning ayrim ko‘chalarida 9 may kuni transport vositalari harakati cheklanadi

20:18 / 08.05.2025
Bill Geyts 20 yil ichida deyarli barcha boyligini xayriyaga yo‘naltirishiga va’da berdi

16:17 / 01.05.2025