O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Vengriya bosh vazirining milliy xavfsizlik bo‘yicha bosh maslahatchisi ofisining strategik masalalar bo‘yicha direktori Marton Shyoberl bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muzokaralar chog‘ida tomonlar xavfsizlik, mudofaa, migratsiya va strategik sheriklik sohalaridagi ikki tomonlama aloqalarning asosiy yo‘nalishlarini muhokama qildilar.
Konstruktiv va do‘stona ruhda o‘tgan uchrashuv tomonlarning o‘zaro hamjihatlik va sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirishga tayyor ekanidan dalolatdir.