O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Doha shahrida Qatar bosh vaziri va tashqi ishlar vaziri Shayx Muhammad bin Abdulrahmon bin Jasim Ol Soniy bilan uchrashdi.
"Doha shahrida Qatar Bosh vaziri va tashqi ishlar vaziri Shayx Muhammad bin Abdulrahmon bin Jasim Ol Soniy Janobi Oliylari bilan uchrashishdan mamnunmiz", – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida.
Davlat rahbarlari o‘rtasida erishilgan barcha kelishuvlarning o‘z vaqtida ro‘yobga chiqarilishi batafsil ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston–Qatar strategik sherikligining ikki tomonlama munosabatlari yangi sur’atlar bilan rivojlanayotgani qayd etildi.
"Har tomonlama hamkorlik kun tartibini barcha yo‘nalishlarda yanada kengaytirish yuzasidan samimiy suhbat o‘tkazdik", deydi Baxtiyor Saidov.