Malayziya O‘zbekistonga oliy ta’lim sifat ko‘rsatkichlari mezonlarini ishlab chiqishda ko‘maklashadi

O‘zbekiston 12:43 / 07.10.2024 557

Safar doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi universitet rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Unda xorij tomoniga so‘nggi yillarda respublikada oliy ta’lim va ilm-fan sohasida olib borilayotgan islohotlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Oliy ta’lim muassasasi rahbariyati universitet erishgan natija va yutuqlar bilan o‘zbek tomonini yaqindan tanishtirdi. Jumladan, universitet Malayziyadagi boshqa muassasalarni APEX sifat sertifikatini olishda ko‘maklashishga mas’ul qilib belgilab qo‘yilgani ta’kidlandi.

Universitet rektori, professor Abdul Rahman Mohamed O‘zbekiston bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va mamlakat universitetlari bilan birgalikda sifatli ta’lim dasturlarini respublikada joriy etishga tayyorligini bildirdi.

Muzokaralar natijasida universitet rahbariyati bilan O‘zbekiston va Malayziya oliy ta’lim muassasalari konsorsiumi doirasida hamkorlik qilish, milliy oliy ta’lim sifat ko‘rsatkichlari mezonlarini ishlab chiqishda ko‘maklashish, o‘zbekistonlik talabalar uchun muhandislik yo‘nalishi bo‘yicha mahorat darslarini tashkil etish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Ko‘proq yangiliklar: