Futzal. Braziliya - 6 karra jahon chempioni
O‘zbekistonda o‘tgan futzal bo‘yicha jahon chempionati yakuniga yetdi.

Foto: UFA
Finalda Janubiy Amerikaning eng kuchli ikki jamoasi to‘qnash keldi va unda Braziliya Argentina ustidan g‘alaba qozonib, 12 yillik tanaffusdan so‘ng yana dunyoda tengsiz bo‘ldi.
Braziliya o‘z tarixida 6-bor jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.
Bungacha 3-o‘rin uchun kechgan bahsda Ukraina Fransiyani tor-mor etib (7:1), bronza medallariga sazovor bo‘lgandi.
JCh-2024. Final
Braziliya — Argentina 2:1
6 oktyabr, «Humo Arena»
Gollar: Ferrao (6), Rafa Santos (13) — Rosa (39).
Braziliya — Villiam, Diyego, Marsel, Santos, Marlon, Guitta, Ronkalio, Ferrao, Lino, Marsenio, Neginio, Valerio, Artur.
Argentina — Sarmiyento, Arriyeta, Brandi, Klaudino, Taborda, Kravetski, Bolo, Borruto, Korso, Gauna, Plaza, Rosa, Tripodi, Vaporaki.
Mavzuga oid

17:50 / 27.02.2025
BRICS yangi a’zo davlatlarni qabul qilishni to‘xtatdi

18:24 / 22.02.2025
Braziliyada kichik shaharchani yer yuta boshladi

13:59 / 21.02.2025
Braziliyada bir vaqtda 4500 ta asalari chaqqan o‘smirning hayoti saqlab qolindi

20:03 / 19.02.2025