Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryo suv ta’minoti korxonasining uch xodimi qutqarildi
Shifoxonada ularning hayoti saqlab qolingan. Hozirda shifokorlar nazoratida tibbiy muolajalar olib borilmoqda.

Foto: Kun.uz
Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida oqova suv qudug‘i ichida hushidan ketib qolgan uch nafar xodim qutqarilgan. “Surxondaryo suv ta’minoti” AJ matbuot kotibining xabar berishicha, hodisa 2024 yil 4 oktyabr kuni yuz bergan.
Qumqo‘rg‘on suv ta’minoti bo‘limida faoliyat olib borayotgan uch nafar texnik xodim Qumqo‘rg‘on tumani Do‘stlik mahallasida joylashgan oqova suv qudug‘ini tozalash jarayonida havo yetishmovchiligi sababli hushidan ketgan.
Voqea joyiga Qumqo‘rg‘on tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi va tuman tez tibbiy yordam guruhi zudlik bilan yetib kelgan.
Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida xodimlar mas’ul tashkilotlar hamda jamoatchilik vakillari yordamida quduqdan chiqarilib, birinchi yordam ko‘rsatish uchun tuman tez tibbiy yordam bo‘limiga yetkazilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ularning hayoti saqlab qolingan bo‘lib, hozirda shifokorlar nazoratida tibbiy muolajalar olib borilmoqda.
“Ushbu hodisaga o‘z vaqtida e’tibor qaratib, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlashga hissasini qo‘shgan jamoatchilik va mas’ul tashkilotlar vakillariga “Surxondaryo suv ta’minoti” AJ o‘z minnatdorchiligini bildiradi”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00 / 29.07.2025
-
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
-
Putinda 10 kun bor – Tramp Ukrainadagi urush bo‘yicha yangi bayonot berdi
Jahon | 23:14 / 29.07.2025
-
Toshkent viloyati IIBB va Samarqand viloyati IIB rahbarlari o‘zgardi
O‘zbekiston | 23:00 / 29.07.2025
Mavzuga oid

12:10 / 16.03.2025
Toshkent shahri va Surxondaryo viloyatida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

21:04 / 27.06.2024
Gulistonda suv ta’minoti xodimi halok bo‘lgan holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

16:28 / 27.06.2024
“Sirdaryo suv ta’minoti” AJning uch nafar xodimi chiqindi suvni haydaydigan quvurga tushib zaharlandi

14:11 / 21.04.2024