FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, 5 oktyabr kuni O‘zbekiston hududida mahalliy vaqt bilan soat 23:07 da zilzila sodir bo‘ldi.
Episentr: Samarqand viloyati Payariq tumani. Zilzila koordinatalari: 40,31 gradus shimoliy kenglik; 66,84 gradus sharqiy uzunlik.
Magnituda M=3,3. Chuqurlik 10 km. Zilzila episentri Toshkentdan 226 kilometr janubi-g‘arbda.
Eslatib o‘tamiz, 9 sentabr kuni tongda Mirzo Ulug‘bek tumanida 2 balli yer silkinishi qayd etilgandi.