BMT Xavfsizlik kengashi Guterrishni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirdi

Jahon 08:41 / 04.10.2024 3120

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Xavfsizlik kengashi 3 oktyabr, payshanba kuni BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishni Isroil persona non grata deb e’lon qilganidan keyin uni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. «Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi yoki tashkilotning o‘zi bilan muloqot qilishdan bosh tortish to‘g‘risidagi har qanday qaror, ayniqsa, Yaqin Sharqda keskinlik kuchayib borayotgan bir sharoitda samarasizdir», — deyiladi Xavfsizlik kengashining 15 a’zosi jurnalistlarga tarqatgan bayonotida.

Hujjatda, shuningdek, barcha mamlakatlar BMT Bosh assambleyasi raisi bilan samarali munosabatlar o‘rnatishi, uning faoliyatiga, shuningdek, idorasi faoliyatiga putur yetkazadigan har qanday harakatlardan tiyilishiga alohida e’tibor qaratiladi. Isroil bayonotda ochiq tilga olinmagan.

BMT bosh kotibiga Isroilga kirish taqiqlandi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi Antoniu Guterrish Isroilda «persona non grata» deb e’lon qilindi va mamlakatga kirishi taqiqlandi. Bu haqda Isroil tashqi ishlar vaziri Israel Kats ma’lum qildi.

«Dunyodagi deyarli har bir davlat qilganidek, Eronning Isroilga qilgan jirkanch hujumini so‘zsiz qoralay olmasa, Isroil tuprog‘iga qadam qo‘yishga loyiq emas. U Isroilga qarshi bosh kotib, u terrorchilar, zo‘ravonlar va qotillarni qo‘llab-quvvatlaydi», deb Kats so‘zlarini keltirdi Haaretz.

Kats so‘zlariga ko‘ra, Guterrish haligacha Hamasning 2023 yil 7 oktyabrda Isroilga uyushtirgan hujumini qoralamagan va uni terrorchi tashkilot deb e’lon qilishga urinmagan.

Ko‘proq yangiliklar: