Isroil G‘azo sektoridagi HAMAS hukumati rahbari o‘ldirilganini e’lon qildi
Operatsiya taxminan uch oy oldin bo‘lib o‘tgan. HAMAS a’zolari Isroil havo kuchlari tomonidan berilgan aviazarba oqibatida halok bo‘lgan.

Foto: Getty Images
Isroil mudofaa kuchlari (TsAHAL) G‘azo sektorida Xavfsizlik boshqarmasi (ISA) kuchlari bilan birgalikda Falastinning HAMAS harakati yuqori martabali uch nafar a’zosi o‘ldirilganini ma’lum qildi. Ular orasida G‘azo sektoridagi HAMAS hukumatini boshqargan Rauhi Mushtaha ham bor.
Isroil armiyasining aniqlik kiritishicha, operatsiya taxminan uch oy oldin bo‘lib o‘tgan. Harakat vakillari G‘azo sektori shimolidagi yer osti majmuasiga Isroil havo kuchlari tomonidan berilgan aviazarba oqibatida halok bo‘ldi. TsAHAL ma’lumotlariga ko‘ra, unda qo‘mondonlik va boshqaruv markazi joylashgan. Rauhi Mushtaha bilan birga xavfsizlik boshqarmasi boshlig‘i Samih as-Siroj va qo‘mondon Sami Auda ham o‘ldirilgan.
«Majmuaga berilgan zarba va terrorchilar yo‘q qilinganidan so‘ng, HAMAS o‘z a’zolari ruhini tushirmaslik uchun ularning o‘limi haqida e’lon qilmadi», deyiladi Isroil armiyasi xabarida.
Isroil harbiylariga ko‘ra, Rauhi Mushtaha HAMAS harbiy qarorlarida ishtirok etgan, harakatning fuqarolik ma’muriyatiga rahbarlik qilgan va moliyaviy masalalarga mas’ul bo‘lgan. Ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, Mushtaha harakatning harbiy qanotining asoschilaridan biri bo‘lgan. U 1988 yilda Isroil tomonidan hibsga olingan, biroq 2011 yilda isroillik askar Gilad Shalitga ayirboshlash doirasida ozod qilingan.
Mavzuga oid

12:25 / 10.03.2025
Isroil G‘azoga elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatdi

21:58 / 09.03.2025
Isroil G‘azo bo‘yicha muzokaralarni davom ettirish uchun Dohaga delegatsiya yuboradi

18:20 / 07.03.2025
HAMAS Isroil harbiy harakatlar boshlasa, garovga olinganlarni o‘ldirish bilan tahdid qildi

22:42 / 06.03.2025