9 yoshli qizning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchiga nisbatan tergov harakatlari davom etmoqda - Toshkent shahar IIBB

Jamiyat 10:35 / 03.10.2024 7022

Eslatib o‘tamiz, 19 sentabr kuni Toshkent shahar Sergeli tumanida avtobusdan tushib, yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan o‘quvchini yuqori tezlikda harakatlanib kelgan BYD urib yuborgan edi. 9 yoshli o‘quvchi qiz olgan tan jarohatlari sababli kasalxonaga olib borilgan vaqtda vafot etgan.

O‘shanda Toshkent shahar IIBB holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (“Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qilgan edi. 

Ko‘proq yangiliklar: