Uzbekistan Airways Iroq va Eron havo hududini aylanib o‘tishini e’lon qildi
Ushbu chora fuqaro havo kemalari parvozlarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida joriy qilindi.

Foto: Kun.uz
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi o‘z samolyotlari Iroq va Eron havo hududini aylanib o‘tishini e’lon qildi.
«Fuqaro havo kemalari parvozlarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida, 2024 yil 2 oktyabrdan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro aviatsiyasi agentligining ko‘rsatmasiga muvofiq, Uzbekistan Airways Iroq havo hududi va Eron havo hududining g‘arbiy qismini aylanib o‘tgan holda, aniq ko‘rsatmaga qadar muntazam parvozlarni amalga oshirishini ma’lum qiladi», deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, Uzbekistan Airways parvozlarning maksimal xavfsizligini ta’minlash uchun muqobil yo‘nalishlardan foydalangan holda Toshkent - Tel-Aviv - Samarqand/Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirishni davom ettiradi.
1 oktyabr kuni Eronning Isroilga raketa zarbasi berganidan so‘ng, Iordaniya, Iroq va Isroil o‘z osmonini samolyotlar parvozi uchun yopgan edi. Shu bilan birga, Eron aviakompaniyalari ichki va xalqaro reyslarning barchasini bekor qildi. Bundan tashqari, Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashgani bois, bir qancha aviakompaniyalar Isroil va Livanga parvozlarni to‘xtatdi. Keyinchalik Isroil o‘z osmonini ochganini e’lon qildi.
Mavzuga oid

15:02 / 09.03.2025
Rossiya, Xitoy va Eron Hind okeanida qo‘shma harbiy o‘quv mashqlarini o‘tkazadi

23:36 / 08.03.2025
Eron AQSh bilan muzokara o‘tkazishni rad etdi

20:41 / 07.03.2025
Tramp Eron yetakchisiga yadroviy dastur bo‘yicha bitim tuzishni taklif qildi

19:05 / 04.03.2025