Gurjistonda «chet el agentlari» reyestriga dastlabki NNT kiritildi

Jahon 09:28 / 02.10.2024 1434

Gurjistonda dastlabki notijorat tashkilotlar «chet el agentlari» davlat reyestriga kiritildi. «Exo Kavkaza» nashri bunga 1 oktyabr, seshanba kuni e’tibor qaratdi. Gurjiston rasmiylari «Chet el ta’sirining shaffofligi to‘g‘risida»gi munozarali qonun kuchga kirganidan ikki oy o‘tib reyestrni to‘ldira boshladi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, «chet el agentlari» ro‘yxatiga birinchi bo‘lib quyidagi to‘qqiz NNT kiritilgan: «Gurjistondagi ukrainaliklarning yoshlar tashkiloti – Svitanok», «Gurjiston fermerlari va qishloq xo‘jaligi ishchilari kasaba uyushmasi», «Kutaisi yoshlar uyi», «Xristianlar ittifoqi», «Yahudiylar madaniy-ma’rifiy jamg‘armasi», «Qizlar – jahon yetakchilari», «Tbilisi yoshlar uyi», Inclusive practices, «Tashabbuslar, taraqqiyot va bandlik assotsiatsiyasi».

AQSh Gurjistonda «demokratiyaga putur yetkazilgani» uchun sanksiyalar kiritdi

AQSh Moliya vazirligining Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi (OFAC) Vashington fikricha, Gurjistondagi «asosiy erkinliklarga, jumladan, so‘z erkinligiga putur yetkazgan» shaxslarga nisbatan sanksiyalar joriy qildi. Cheklov choralari haqida 16 sentabr kuni Moliya vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Cheklovlar «tinch namoyishchilar va siyosiy muxoliflarga qarshi shafqatsiz repressiyalar» bilan bog‘liq Gurjiston hukumatining ikki mansabdor shaxsiga hamda yig‘ilishlar va so‘z erkinligini zo‘ravonlik bilan bostirishda bevosita yoki bilvosita ishtirok etgan ikki xususiy shaxsga nisbatan qo‘llangan.

Ro‘yxatda Gurjiston Ichki ishlar vazirligining maxsus topshiriqlar bo‘yicha departamenti rahbari Zviad Xarazishvili va uning o‘rinbosari Mileri Lagazauri bor. Bundan tashqari, ro‘yxatga o‘ta konservativ rossiyaparast Alt-Info («Alt-info») platformasi yetakchilari Zurab Maxaradze va Konstantin Morgoshiya ham kiritilgan.

Vashingtonga ko‘ra, birinchi ikkisi «chet el agentlari» qonuniga qarshi namoyishlarni bostirish bilan aloqador. OFAC qo‘shimcha qilishicha, Alt-Info rahbarlari 2021 va 2023 yillarda jurnalistlar, ozchilik guruhlari va nodavlat notijorat tashkilotlari idoralariga bosim o‘tkazishda ishtirok etgan.

Ko‘proq yangiliklar: