Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayrim iste’molchilar elektr energiyasi uchun to‘lov qilishda tarif guruhini o‘zlari tanlaydi
Oilaviy korxonalar, hunarmandlar, diniy tashkilotlar, yotoqxonalar, uy-joy mulkdorlari shirkatlari va boshqaruv-servis kompaniyalari elektr energiyasi to‘lovini istasa aholi xonadonlari uchun belgilangan tariflarda, istasa yuridik shaxslar uchun belgilangan tariflarda to‘lashi mumkin bo‘ldi.

Foto: PrimaMedia
O‘zbekistonda ayrim turdagi iste’molchilar elektr energiyasi uchun qaysi tarif guruhiga asosan to‘lov qilishni o‘zlari tanlaydigan bo‘ldi.
Hukumat qaroriga asosan, 2024 yil 1 oktyabrdan boshlab, quyidagi iste’molchilarga elektr energiyasi uchun o‘z ixtiyoriga ko‘ra II yoki III tarif guruhlarida to‘lov qilishga ruxsat beriladi:
- oilaviy korxonalar;
- hunarmandlar;
- diniy tashkilotlar;
- yotoqxonalar;
- uy-joy mulkdorlari shirkati hamda ko‘p kvartirali uyni boshqaruvchi tashkilotlar
Bunda, ushbu iste’molchilarga berilgan soliq va boshqa imtiyozlar saqlab qolinadi. Iste’molchilar hisobot oyi boshlanguniga qadar elektr ta’minoti korxonasiga murojaat qilishlari zarur.
II tarif guruhiga aksariyat yuridik shaxslar, III tarif guruhiga esa aholi xonadonlari kiradi.
Qarorga ko‘ra, yoqilg‘i-energetika resurslarini iqtisod qilish rejalari bajarilishini ta’minlagan hamda huquqbuzarlikka qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etgan prokuratura organlari xodimlari Bosh prokuraturaning rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan har oyda xodim ish haqining 50 foizi miqdorida rag‘batlantiriladi.
Yoqilg‘i-energetika resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq qoidabuzarliklar bo‘yicha undirilgan zarar summasining Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energoinspeksiyaning maxsus maqsadli hisobvarag‘iga kelib tushgan qismidan 20 foizi noqonuniy foydalanish holatini fosh etishda tashabbus ko‘rsatgan organga hamda 10 foizi Bosh prokuraturaning rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.
Bu qoida 2024 yil 1 oktyabrga qadar aniqlangan noqonuniy holatlarga hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi bayoni bilan tasdiqlanadigan taqsimot proporsiyasiga muvofiq tushadigan mablag‘larga nisbatan tatbiq etilmaydi
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Putin Zelenskiy bilan faqat Ukraina taslim bo‘lgan taqdirdagina uchrashishga rozi bo‘ladi – Kislitsa
Jahon | 23:38 / 12.07.2025
-
Italiya mafiyasining Lotin Amerikasidagi yetakchisi qo‘lga olindi
Jahon | 23:21 / 12.07.2025
-
Fransiya tarkibida Yangi Kaledoniya davlati tashkil qilinadi
Jahon | 22:41 / 12.07.2025
Mavzuga oid

19:07 / 11.07.2025
Chiqindidan qarzi borlar 1 avgustdan boshlab svet uchun pul to‘lolmaydi

12:15 / 10.07.2025
Andijonda chiqindidan elektr ishlab chiqaruvchi zavod qurilishi boshlandi

14:57 / 08.07.2025
Yil boshidan buyon qancha “yashil” energiya ishlab chiqarilgani aytildi

18:51 / 26.06.2025