Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon yangi yadroviy kallaklarga ega raketalarni ishlab chiqarishga 2,1 mlrd dollar ajratdi
Bundan tashqari, AQSh Mudofaa vazirligi Boeing kompaniyasi bilan Ukraina, Bolgariya va Yaponiya uchun mo‘ljallangan kichik kalibrli bombalarni ishlab chiqarish bo‘yicha 6,9 milliard yevrolik shartnoma tuzdi.

Foto: U.S. Navy
AQSh Mudofaa vazirligi yangi Warhead 93/Mark7 yadroviy jangovar kallaklari o‘rnatilgan Trident II D5 qit’alararo ballistik raketalariga buyurtma berdi. Qiymati 2,1 milliard dollarni tashkil etuvchi shartnoma Lockheed Martin mudofaa sanoati korporatsiyasi bilan imzolandi. Uning ijrosi 2029 yil 30 sentabrga qadar ta’minlanishi kerak va ushbu qurollar Buyuk Britaniyaga ham yetkazilishi kutilmoqda, deb xabar beradi Pentagon matbuot xizmati.
Shu bilan birga, idora Lockheed Martin’ga Trident II raketa uskunalari tizimini va suvosti kemalari uchun navigatsiya uzellarini yaratish uchun 1,16 milliard yevro ajratdi. Ushbu buyurtmalarning amalga oshirish muddati — 2031 yil 29 sentabr.
Bundan tashqari, Pentagon Boeing kompaniyasi bilan Ukraina, Bolgariya va Yaponiya uchun mo‘ljallangan kichik kalibrli bombalarni ishlab chiqarish bo‘yicha 6,9 milliard yevrolik shartnoma tuzdi. Kompaniya buyurtmani 2035 yil 31 dekabrga qadar bajarishi kerak.
Trident II D5 — uch pog‘onali qit’alararo ballistik raketa bo‘lib, atom suvosti kemasidan uchiriladi. Bundan snaryadlar AQSh Harbiy-dengiz kuchlari va Buyuk Britaniya floti qurollanishida mavjud. Trident II D5ʼning maksimal parvoz uzoqligi 11,3 ming kilometrni tashkil etadi.
Joriy yilning aprelida AQSh so‘nggi 40 yil ichida ilk bor yangi W93 yadroviy jangovar kallaklarni ishlab chiqarishni boshlashi ma’lum bo‘lgandi. Uni yaratish ustidagi ishlar 2022 yilning mayidan beri davom etmoqda va yadroviy sinovlarni o‘tkazish ko‘zda tutilmagan.
Yadroviy xavfsizlik bo‘yicha milliy agentlik (NNSA) 2023 yilda Pentagonga 200 dan ortiq modernizatsiya qilingan yadroviy o‘q-dorilarni topshirgan edi. Tashkilot rahbari Jill Xrubining so‘zlariga ko‘ra, mazkur yetkazib berish sovuq urush tugaganidan beri eng yirik buyurtma bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
NYT: Putin Rossiya armiyasi yaqin oylarda Ukraina mudofaasini yorib o‘tishiga ishonmoqda
Jahon | 22:34
-
Linda Yakkarino X ijtimoiy tarmog‘i bosh direktorligidan ketdi
Jahon | 22:16
-
Nega ba’zi demokratiyalar agressiv?
Jahon | 21:27
-
Shavkat Mirziyoyev Toshkent va Yangi Toshkent shahri uchun «Yechimlar atlasi» taqdimoti bilan tanishdi
O‘zbekiston | 21:25
Mavzuga oid

21:52 / 04.07.2025
Boeing 2,8 mlrd dollar evaziga Pentagonga ikkita sun’iy yo‘ldosh yetkazib beradi

22:44 / 22.06.2025
Yakson qilinmagan, lekin jiddiy zarar - Pentagon Eronga qarshi operatsiya tafsilotlarini ochiqladi

15:06 / 08.06.2025
WSJ: Pentagon yillar davomida NUJ haqida yolg‘on ma’lumotlar tarqatib kelgan

20:32 / 05.06.2025