Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Niderlandiyaning sobiq bosh vaziri NATO yangi bosh kotibi sifatida ish boshladi
Mark Ryutte bu lavozimda rekord darajadagi 10 yil ishlagan norvegiyalik Yyens Stoltenberg o‘rnini egalladi.

Foto: AP
Niderlandiyaning sobiq bosh vaziri Mark Ryutte NATO bosh kotibi lavozimiga rasman kirishdi. U bu lavozimda 2014 yildan beri ishlab kelgan Yyens Stoltenbergni almashtirdi.
1 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan marosimda NATO harbiy alyansi rahbari lavozimiga kirishgan Mark Ryutte Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni ustuvor vazifa qilib qo‘yishga va’da berdi, deb yozdi Euronews.
Ryutte alyans Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishi va uni NATO a’zoligiga yanada yaqinlashtirishi kerakligini ta’kidlagan bo‘lsa, mudofaa shartnomasiga a’zo davlatlar rahbarlari Kiyevning a’zolik yo‘lini ortga qaytarib bo‘lmasligini aytishdi.
Ryuttening aytishicha, ittifoq endi har qachongidan ham katta, kuchli va birlashgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, NATO bosh kotibi sifatidagi ustuvor vazifalari, shuningdek, NATO mudofaasini mustahkamlash va boshqa davlatlar bilan hamkorlikni mustahkamlash bo‘ladi.
Mark Ryutte 2010 yil oktyabridan beri Niderlandiya bosh vaziri lavozimida ishlab kelgan, u Rossiyani tanqid qilgan va Rossiya Federatsiyasi bilan urushda Ukrainani doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlagan.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00
-
O‘zbekiston Eritreya bilan diplomatik munosabat o‘rnatdi
O‘zbekiston | 17:47
-
Idish yuvish gubkasi: hojatxona tagligidan 456 baravar ko‘p bakteriya saqlaydigan oshxona buyumi haqida nimalarni bilasiz?
Jamiyat | 17:19
-
Test sinovi o‘tkaziladigan binolar ro‘yxati tasdiqlandi
O‘zbekiston | 17:16
Mavzuga oid

13:09
Niderlandiya sudi Rossiyaga chiplar haqida ma’lumot topshirilishi ishi bo‘yicha hukm chiqardi

14:36 / 10.07.2025
Kansler Mers Germaniyaning NATOda yetakchi bo‘lishini xohlayapti

11:02 / 10.07.2025
Estoniya NATO qaroriga muvofiq mudofaa xarajatini oshiradi

08:14 / 09.07.2025