Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Niderlandiya o‘z flotini to‘rtta suvosti kemasi bilan to‘ldiradi
Niderlandiya Fransiyaning Naval Group kompaniyasi bilan to‘rtta suvosti kemasini yetkazib berish bo‘yicha 5,6 milliad yevrolik shartnoma imzoladi.

Foto: Shipshub
Niderlandiya Fransiyaning Naval Group kompaniyasi bilan to‘rtta suvosti kemasini yetkazib berish bo‘yicha 5,6 milliard yevrolik shartnoma imzoladi, deb xabar beradi Le Figaro.
Naval Group suvosti kemalarini yetkazib berish bo‘yicha tenderni o‘tgan yilning martida yutgan edi. Buyurtma qilingan submarinalar 2039 yilgacha Fransiyaning Barracuda atom suvosti kemalari bazasida yaratiladi. Ular qirollik floti tarkibiga 1990 yilda kiritilgan dizel-elektrda harakatlanuvchi Walrus’ning o‘rnini egallashi kutilmoqda.
Hamkorlik to‘g‘risidagi bitim doirasida kamida 10 ta Niderlandiya kompaniyasi va ikkita ilmiy-tadqiqot instituti yangi submarinalar uchun zarur bo‘lgan ehtiyot qismlar va texnologiyalarni yaratishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb etiladi.
Tenderda, shuningdek, Shvetsiyaning Saab va Germaniyaning TKMS kompaniyalari ishtirok etgandi. Germaniya kompaniyasi shartnomani qo‘lga kirita olmagani uchun sudga ham murojaat qilgan. Naval Group bilan bitim Niderlandiya Mudofaa vazirligi Moddiy ta’minot boshqarmasi bilan muhokama qilingan va parlament tomonidan ma’qullangan. Natijada, shartnomani imzolashga olti oy vaqt ketgan.
Qirollik uchun mo‘ljallangan suvosti kemalari kompaniyaning Sherbur shahridagi zavodida yig‘iladi, ammo qator muhim tizimlari va texnik xizmat ko‘rsatishlariga Niderlandiya javob beradi. Naval Group bir necha o‘n yillardan beri Niderlandiya harbiy-dengiz sanoati bilan hamkorlik qilib keladi. O‘tgan yilning kuzida Niderlandiya Walrus sinfiga kiruvchi eski suvosti kemalarini foydalanishdan chiqarishni boshlagan edi. Orka nomini olgan dastlabki ikkita submarina 2034 yildan 2037 yilga qadar yetkazib beriladi. Ular Amerikaning Mark 48 torpedalari va qanotli raketalarini tashiy oladi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yil boshidan beri urushda 100 ming rossiyalik askar halok bo‘ldi - NATO bosh kotibi
Jahon | 21:58
-
Pul qayerga ketdi? Kundalik xarajatlarni qayd etib borish uchun 3 ta bepul ilova
Iqtisodiyot | 21:47
-
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 21:42
-
Yangi formatdagi klublar mundialining plyus va minuslari
Sport | 21:42
Mavzuga oid

15:30
Germaniyalik er-xotin Kaliningrad yaqinida suvosti kemasini ko‘rganini xabar qildi

13:09 / 11.07.2025
Niderlandiya sudi Rossiyaga chiplar haqida ma’lumot topshirilishi ishi bo‘yicha hukm chiqardi

08:14 / 09.07.2025
Niderlandiya va Norvegiya Polsha osmonida patrullik qiladi

12:16 / 25.06.2025