Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron yaqin orada Isroilga ballistik raketalar bilan hujum qilishi mumkin – OAV
AQSh shu mazmundagi ma’lumotga ega ekani ta’kidlanmoqda.

Foto: Getty Images
Qo‘shma Shtatlar Eron yaqin kelajakda Isroilga ballistik raketa hujumini tayyorlamoqda, deb hisoblaydi. Bu haqda CNN Oq uyning ismi oshkor etilmagan vakili bayonotiga tayanib xabar berdi.
«AQSh Eron yaqin orada Isroilga ballistik raketa hujumi uyushtirishga tayyorlanayotgani haqida ma’lumotga ega. Biz Isroilni ushbu hujumdan himoya qilish uchun mudofaa choralarini faol qo‘llab-quvvatlaymiz», deyiladi xabarda.
Oq uy vakili Isroilga qarshi hujum Eron uchun «jiddiy oqibatlarga» olib kelishini ta’kidladi.
Isroil armiyasi matbuot kotibi Daniel Hagari, o‘z navbatida, Qo‘shma Shtatlar Eronning ehtimoliy raketa hujumi haqida Quddusga ma’lumot yetkazganini tasdiqladi. Hagari so‘zlariga ko‘ra, Isroil hozir tahdidni ko‘rmayapti, biroq hujum sodir bo‘lsa, uni qaytarishga tayyor.
Eron bir necha kun avval Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) general-mayori Abbos Nilforushan o‘ldirilishiga javob qaytarishga va’da bergan edi. U «Hizbulloh» yetakchisi Hasan Nasrulloh bilan birga Isroilning Bayrutga bergan zarbasida halok bo‘lgan.
Aprel oyida Eron tarixda birinchi marta Isroil hududiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujum qildi - bir necha yuzlab dron va raketalar uchirildi, ularning deyarli barchasi urib tushirildi. Hujum Eronning Damashqdagi diplomatik missiyasiga berilgan zarbaga javob bo‘lib, oqibatda IIQK bir necha yuqori martabali ofitseri o‘ldirilgandi.
Mavzuga oid

19:50
AQSh bosh prokurori Trampga qarshi ishlarga aloqador 20 dan ortiq xodimni ishdan bo‘shatdi

18:31
Isroilning G‘azoga zarbasi oqibatida suv uchun navbatda turgan bolalar halok bo‘ldi

15:28
Eron prezidenti Isroilning iyun oyidagi hujumida yaralangan - Fars

20:08 / 12.07.2025