Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada noqonuniy migrantlar reyestri e’lon qilinadi
Reyestrda chet el fuqarosi haqidagi ma’lumotlar bor yoki yo‘qligini tekshirish mumkin.

Foto: RIA Novosti
2025 yil 5 martdan boshlab Rossiya Ichki ishlar vazirligi Rossiyada bo‘lish uchun qonuniy asoslar tugatilgan nazorat ostidagi shaxslar - chet elliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning davlat reyestrini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda hukumat qarori loyihasiga tayanib, TASS xabar berdi.
Hujjatdan kelib chiqqan holda, istalgan shaxs so‘roviga binoan reyestrda chet el fuqarosi to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjudligi yoki yo‘qligini tekshirishi mumkin. Shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, jinsi, pasport seriyasi va raqami yashiriladi.
Chet el fuqarosi to‘g‘risidagi ma’lumotlar nazorat qilinadigan shaxslar reyestriga kiritilgan yoki bunday ma’lumotlar undan chiqarib tashlangan paytdan e’tiboran 24 soatdan kechiktirmay, IIV veb-saytidagi ma’lumotlar bazasi avtomatik tarzda yangilanadi.
8 avgust kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat hududida noqonuniy bo‘lgan yoki qonunni buzgan xorijliklar yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni chiqarib yuborish uchun migratsiya rejimini joriy qiluvchi qonunni imzoladi. Ular uchun muayyan huquq va erkinliklar cheklangan, migratsiya sohasida davlat nazorati choralari qo‘llaniladi.
Qonun shuningdek, Rossiyada vizasiz vaqtincha bo‘lish muddatini yil davomida 90 kungacha qisqartiradi. Ilgari vizasiz rejimda kelgan xorijliklar har 180 kunlik muddat ichida mamlakatda jami 90 kun qolishi mumkin edi.
Nazorat qilinadigan shaxslar Ichki ishlar vazirligining hududiy organlarini o‘z manzili va Rossiyadan o‘z vaqtida mustaqil ravishda chiqib ketishga to‘sqinlik qiladigan holatlar yuzaga kelgani to‘g‘risida xabardor qilishi shart. Agar nazorat ostidagi shaxs o‘z majburiyatini bir necha bor bajarmagan bo‘lsa, uni maxsus muassasaga joylashtirish va chiqarib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
Shuningdek, nazorat ostidagi shaxslarga nisbatan bir qator cheklov choralari – yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ko‘chmas mulk va transport vositalarini sotib olishni taqiqlash qo‘llaniladi. Avtotransport vositalarini boshqarish huquqi cheklanadi, bank hisob raqamini ochish va bir qator bank operatsiyalarini amalga oshirish rad etiladi. Bunday shaxslarga nikohni rasmiylashtirish taqiqlanadi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Tashabbusli budjet» jarayonlarining 2-mavsumi boshlandi
O‘zbekiston | 01:06
-
«Ruslar qandaydir tarixchi bilan keldi». NATO bosh kotibi Istanbuldagi Rossiya delegatsiyasi tarkibini tanqid qildi
Jahon | 00:58
-
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin
Jahon | 23:54 / 14.07.2025
-
Avstarliyada syorfer yigit bir kecha okeanda qolib ketdi
Jahon | 23:51 / 14.07.2025
Mavzuga oid

18:16 / 14.07.2025
Rossiyada migrantlar uchun qo‘shimcha davlat bojlari joriy etilishi mumkin

15:14 / 14.07.2025
Ukrainadagi urushda 66 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi – BBC

08:01 / 14.07.2025
Tramp immigratsiya va bojxona politsiyasiga «to‘liq vakolat» taqdim etdi

16:30 / 12.07.2025