Microsoft sun’iy intellektga asoslangan skrinshotlarni yaratish vositasini qayta ishga tushiradi

Jahon 00:14 / 30.09.2024 1524

Microsoft kompaniyasi foydalanuvchi ekranini muntazam skrinshot qiladigan yangi vosita sabab yuzaga kelgan maxfiylik borasidagi mojarodan keyin «e’tirozlarga quloq tutganini» ma’lum qildi.

2024 yilning may oyidagi taqdimotdan so‘ng tanqidchilar Recall nomli ushbu yangi vositani «maxfiylikning dushmani» deb atagan, natijada texnologik gigant uning ishga tushirilishini kechiktirgan edi.

Endi kompaniya noyabr oyida o‘zining CoPilot+ kompyuterlarida sun’iy intellekt bazasiga asoslangan yangilikni qayta ishga tushirmoqchi. 

Ko‘plab bahslarni keltirib chiqargan funksiyalar o‘chirib tashlangan, masalan, endilikda ularni foydalanuvchining o‘zi yoqishi yoki o‘chirib qo‘yishi mumkin — original versiyasida u o‘rnatilishi bilan yoqilgan turar edi.

Microsoft may oyidagi taqdimotida sun’iy intellektga asoslangan Recall’ni «fotografik xotiraga» qiyoslab, sun’iy intellektdan foydalangan holda foydalanuvchi o‘z kompyuterida ko‘rgan barcha narsani butun dunyo ham ko‘ra olishini e’lon qilgandi.

Kompaniya vakillariga ko‘ra, Recall’dan foydalanuvchining avvalgi faolligi yordamida qidiruvni amalga oshirish ham mumkin. U har bir necha soniyada olingan ish stoli skrinshotlarini qidirish orqali odamlarga avval ko‘rgan yoki ustida ishlagan narsalarni topishga yordam berish uchun mo‘ljallangan edi. Ammo tanqidchilar maxfiy ma’lumotlarni e’tiborga olgan holda bundan xavotirda ekanliklarini bildirgan. 

«Recall — bu opsiyaviy tajriba. Suratlar va unga bog‘liq har qadnay ma’lumotlar doim shifrlanadi», — deydi Microsoftʼning Windows bo‘yicha korporativ vitse-prezidenti Pavan Davuluri.

Ko‘proq yangiliklar: