Hisob palatasi raisiga ikki nafar o‘rinbosar tayinlandi

Iqtisodiyot 17:52 / 30.09.2024 4197

Prezidentning 24 sentabrdagi tegishli farmoni bilan Sardor Mirzayev va Otabek Allaberganov Hisob palatasi raisining o‘rinbosarlari etib tayinlandi. Bu haqda tashkilot axborot xizmati Kun.uz’ga ma’lum qildi.

Otabek Allaberganov – 1977 yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan. 1999 yilda Urganch davlat universitetini tamomlagan. Iqtisod fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).

Otabek Allaberganov 2000-2010 yillarda Urganch shahar Davlat soliq inspeksiyasida, 2010-2018 yillarda esa Davlat soliq qo‘mitasida turli lavozimlarda ishlagan. 2018-2019 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Soliq va bojxona islohotlarini amalga oshirish sohasida qonunchilik va Iqtisodiy sohada qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi katta prokurori, 2019 yildan O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoni yetakchi inspektori bo‘lib ishlagan.

2019-2020 yillarda Prezident administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti yetakchi inspektori sifatida ish olib borgan.

2020 yildan tayinlovga qadar Kadastr agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan edi.

Sardor Mirzayev – 1985 yilda Farg‘ona viloyati tug‘ilgan. 2005 yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan. 2007-2009 yillarda Farg‘ona tumani hokimligi moliya bo‘limi budjet ijrosi hisobi va hisoboti sektori boshlig‘i – bosh hisobchi bo‘lib ishlagan.

2009-2013 yillarda Farg‘ona viloyatidagi Nazorat-taftish boshqarmasi budjet intizomiga rioya etilishini nazorat qilish bo‘limi 1-toifali nazoratchi-taftishchisi, bosh nazoratchi-taftishchisi, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.

2013-2014 yillarda Moliya vazirligi Nazorat-taftish bosh boshqarmasi bosh nazoratchi-taftishchisi, 2014-2016 yillarda Farg‘ona viloyatidagi Nazorat-taftish boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari – budjet intizomiga rioya etilishini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i bo‘lgan.

2016-2021 yillarda Hisob palatasi mahalliy budjetlarni shakllantirish va ijro etish guruhi inspektori, yetakchi inspektori, qo‘shimcha daromad manbalarini aniqlash va xarajatlarni tahlil qilish axborot-tahlil shu’basi bosh inspektori lavozimida faoliyat yuritgan.

2021-2022 yillarda esa Hisob palatasi Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, adliya, prokuratura, sudlar va boshqa xarajatlarni audit qilish sho‘’basi mudiri bo‘lib ishlagan.

2022 yilda Hisob palatasi Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlarini audit qilish shu’basi mudiri, 2022-2023 yillarda «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining iqtisodiyot va moliya bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib faoliyat olib borgan.

2023-2024 yillarda Hisob palatasi Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlarini audit qilish shu’basi mudiri bo‘lgan. 

Ko‘proq yangiliklar: