Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Hizbulloh” harakati o‘z yetakchisi o‘ldirilganini tasdiqladi
Hasan Nasrulloh 27 sentabr kuni Isroilning Bayrutga yo‘llagan raketa zarbalari oqibatida halok bo‘lgan. Guruh o‘z bayonotida “G‘azo va Falastinni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, Livan xalqini himoya qilish uchun” janglarni davom ettirishga va’da bergan.

Foto: The Guardian
“Hizbulloh” guruhi o‘zining rahbari Hasan Nasrulloh o‘ldirilgani haqidagi Isroil da’volarini tasdiqladi. Ma’lum qilinishicha, Nasrulloh 27 sentabr kuni Isroilning Bayrutga yo‘llagan zarbalari oqibatida halok bo‘lgan.
“Tsionistlarning janubiy hududlarga bosqinidan so‘ng [...] vatandoshlarga hamdardlik va ta’ziya izhor etamiz. “Hizbulloh” rahbariyati [...] dushmanga qarshi kurashish, G‘azo va Falastinni qo‘llab-quvvatlash, Livan va uning sobit va hurmatli xalqini himoya qilishda janglarni davom ettirishga va’da beradi”, – deya guruhning bayonotini keltirmoqda Al-Jazeera.
Isroil armiyasi juma kuni kechqurundan buyon “Hizbulloh”ning 140 dan ortiq nishonlariga zarba bergan. Jumladan, “Bayrut hududidagi turar-joy binolari ostidagi” infratuzilma obektlariga ham zarba berilgan.
Bayrutga hujumlarning so‘nggi to‘lqini Livan poytaxtining zich joylashgan janubiy chekkasidagi ko‘plab turar-joy binolarini vayron qilgan. Natijada minglab odamlar uylarini tashlab ko‘chalarga chiqishga majbur bo‘lmoqda.
Avvalroq Isroil mudofaa kuchlari (TsAHAL) Bayrutga bergan zarbalari natijasida “Hizbulloh” harakati rahbari Hasan Nasrulloh, “Hizbulloh” janubiy fronti qo‘mondoni Ali Karki va guruhning boshqa qo‘mondonlari yo‘q qilingani haqida bayonot bergan edi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Turkiyadagi fermer xo‘jaliklari O‘zbekistondan ishchi kuchi jalb qiladi
O‘zbekiston | 13:09
-
AQSh Rossiyaga qarshi bojlar to‘g‘risidagi qonun loyihasini muzlatib qo‘ydi
Jahon | 13:00
-
"Moskva-Siti"da VTB dronlar tahdidi tufayli masofaviy ishlashga o‘tdi
Jahon | 12:58
-
Toshkent viloyatida Labo’ga suv to‘ldirib, cho‘milganlar 12 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 12:37
Mavzuga oid

11:06 / 14.07.2025
BMT: Isroilning G‘azoga insonparvarlik yordamini bloklashi hayot uchun xavf tug‘dirmoqda

18:31 / 13.07.2025
Isroilning G‘azoga zarbasi oqibatida suv uchun navbatda turgan bolalar halok bo‘ldi

23:05 / 11.07.2025
Isroil armiyasi HAMASning olti nafar qo‘mondoni o‘ldirilganini ma’lum qildi

12:46 / 10.07.2025