Xorazmda MChJ mas’ul shaxslari ijtimoiy soha obektlariga beriladigan ko‘mir uchun ajratilgan pullarni o‘zlashtirdi

Jamiyat 12:09 / 27.09.2024 1888

Xorazm viloyatida MChJlardan biri ijtimoiy soha obektlariga beriladigan ko‘mir uchun ajratilgan pullarni o‘zlashtirdi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, departamentning Yangiariq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Ya.F.” MChJ mas’ul shaxslari davlat xususiy sherikchilik bitimiga asosan tumandagi 31 ta ijtimoiy soha obektlarini ko‘mir bilan ta’minlash uchun ajratilgan mablag‘larning 301,1 mln so‘mini boshqa maqsadlarga sarflab, rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: