Jizzaxda “Kamaz” yonib ketdi

Jamiyat 17:48 / 27.09.2024 2623

Jizzax viloyatida yo‘lda harakatlanib ketayotgan “Kamaz” yuk mashinasida yong‘in sodir bo‘lgan.

Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa bugun, 2024 yil 27 sentabr kuni soat 13:50 larda sodir bo‘lgan.

M-39 avtomobil yo‘lining Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidan o‘tuvchi qismida Samarqand viloyatida yashovchi 41 yoshli haydovchi “Kamaz” mashinasini “Samarqand-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib ketayotgan vaqtda yong‘in chiqqan.

Hodisa oqibatida yuk mashinasi to‘liq yonib ketgan. Hodisada haydovchi va boshqa shaxslarga tan jarohati yetmagan.

Qayd etilishicha, yong‘inga “Kamaz”ning dvigatel qismida qisqa tutashuv vujudga kelgani sabab bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: