Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Soliq va Bojxona qo‘mitalari tomonidan ochiq e’lon qilingan ma’lumotlar asosida soliq to‘lovchilarning 2024 yil 1 yarim yillik yakuni bo‘yicha soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalanish holatlarini tahlil qildi.
Ta’kidlanishicha, yilning birinchi yarmida umumiy soliq va bojxona imtiyozlari qiymati 63,4 trln so‘mni (2023 yilda 127,1 trln so‘m) tashkil etgan. Ya’ni shuncha mablag‘ korxona va tashkilotlarning ixtiyorida qoldirilgan.
63,5 trln so‘m imtiyozdan 39,0 trln so‘m soliq, 24,4 trln so‘mini bojxona imtiyozlari tashkil etadi.
Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlari hamda banklardan tashqari eng ko‘p imtiyozdan foydalangan tashkilotlarning top-35 taligi quyidagicha (milliard so‘mda):
O‘zbekistonda tabiiy gazni markazlashgan tartibda xarid qilish va sotish funksiyasini bajaruvchi UzGasTrade birinchi yarim yilda 1,1 trillion so‘mlik imtiyozlardan foydalangan. Avvalroq Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev birinchi yarim yillikda ushbu korxonaga gaz importi bilan bog‘liq ravishda 1 trln so‘mlik QQS qaytarib berilganini ma’lum qilgandi.
Hisobot davrida UzAirways 1,08 trln so‘m, O‘ztemiryo‘llar 558 mlrd so‘mlik soliq imtiyozidan foydalangan. Markaziy Osiyo – Xitoy gaz quvurlari tarmog‘ining O‘zbekistondan o‘tgan qismi operatori – Asia Trans Gas esa 462,7 mlrd so‘mlik imtiyozlardan foydalangan.
Yanvar-iyun oylarida Enter Engineering pudrat korxonasiga 570 mlrd so‘mga yaqin bojxona imtiyozlari berilgan.
“O‘zbektelekom” 432 mlrd so‘mlik, shamol elektr stansiyasini qurayotgan Masdar kompaniyasining (BAA) O‘zbekistondagi sho‘’basi – Shamol Zarafshon Energy 375 mlrd so‘mlik, temiryo‘l relslari uchun temirbeton shpal ishlab chiqaruvchi RWS Optimum 353 mlrd so‘mlik imtiyoz olgan. Holos bojxona brokeri 315 mlrd so‘mlik bojxona imtiyozlaridan foydalangan.
6 oy davomida UzAuto Motors – 317 mlrd so‘mlik imtiyozlardan, BYD Uzbekistan Factory 274 mlrd so‘mlik bojxona imtiyozlaridan bahramand bo‘lgan.