Britaniya tashkiloti O‘zbekistonda gastronomik ko‘chalarni tashkil etishi mumkin
O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonov Britaniyaning Umumiy ovqatlanish korxonalari milliy assotsiatsiyasining (The Nationwide Caterers Association – NCASS) xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha direktori Mark Lori bilan uchrashdi.

Foto: dunyo.info
Muloqot davomida Mark Lori tashkilot faoliyati haqida batafsil so‘zlab berdi. Assotsiatsiya O‘zbekistonda tashkil etilayotgan gastronomik ko‘chalar, ya’ni ko‘cha taomlari sanoati obektlarining faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha o‘zining ko‘magini va amaliy tavsiyalarini ko‘rsatishga tayyorligi bildirildi.
Britaniya tomoni, NCASS kelgusida O‘zbekistonda mazkur yo‘nalishlarda muvaffaqiyatli loyihalarni amalga oshirishi mumkinligini ta’kidladi.
Suhbat yakunida mazkur yo‘nalishdagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida O‘zbekistonning tegishli tashkilotlari bilan uchrashuv va muzokaralar tashkil etish to‘g‘risida kelishib olindi.
Britaniyaning Umumiy ovqatlanish korxonalari milliy assotsiatsiyasi bosh ofisi Birmingem shahrida joylashgan. NCASSga mamlakat bo‘ylab 10 mingga yaqin umumiy ovqatlanish korxonalari a’zo. Uning asosiy vazifasi umumiy ovqatlanish hamda oziq-ovqat sanoati korxonalariga, jumladan ko‘cha taomlari sanoati street food ommalashishida amaliy va nazariy yechimlarni ishlab chiqish masalalarida ko‘maklashishdan iborat.
Mavzuga oid

08:35 / 22.02.2025
Amir Temur ko‘chasida Cobalt piyodani urib yubordi

08:00 / 18.02.2025
Nukus ko‘chasida Lacetti va Malibu-2 o‘zaro to‘qnashdi

14:00 / 08.02.2025
Olmazor tumanida 7,3 km uzunlikdagi yo‘l gastronomik ko‘chaga aylantiriladi

12:04 / 07.02.2025