Toshkentda birinchi O‘zbekiston-Italiya ta’lim forumi o‘tkaziladi

O‘zbekiston 08:25 / 23.09.2024 1257

O‘zbekistonning Rim shahridagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, tashrif davomida Toshkent shahrida 24 sentabr kuni birinchi O‘zbekiston-Italiya ta’lim forumi o‘tkaziladi.

Tadbirda Italiyaning Turin politexnika, Venetsiyaning Ka-Foskari, Bolonya, Piza, Bikokka Milan, Roma Tre, Tushsha va Siyena universitetlari kabi 20 dan ortiq yetakchi oliy o‘quv yurtlari, O‘zbekiston tomonidan esa 46 ta yetakchi oliy ta’lim muassasalari rektor va prorektorlari ishtirok etadi.

Forum doirasida ikki davlat universitetlari o‘rtasida bir qator qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirishga oid hamkorlik shartnomalari imzolanishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston-Italiya ta’lim forumi kun tartibidan talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, pedagoglar malakasini oshirish, universitetlararo hamkorlik, ilmiy tadqiqot loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va sohaning boshqa muhim masalalari muhokamasi o‘rin olgan.

Ko‘proq yangiliklar: