Ukraina harbiy uchuvchilari Fransiyada tayyorgarlikni yakunladi

Jahon 10:09 / 21.09.2024 2107

Ukraina harbiy uchuvchilarining birinchi guruhi Fransiyada Alphajet o‘quv samolyotlarida mashg‘ulotlarni yakunladi. Bu haqda 20 sentabr, juma kuni Fransiya qurolli kuchlari matbuot xizmati X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

Fransiya qurolli kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, ukrainalik uchuvchilarni tayyorlash 2024 yil martidan beri davom etmoqda. «Fransiya Ukrainaning harbiy sa’y-harakatlarini qattiq qo‘llab-quvvatlaydi», — deyiladi press-relizda.

Ruminiyada o‘qish davom ettiriladi

Avvalroq Fransiyaning Le Monde nashri ukrainalik harbiy uchuvchilar dastlab Britaniyada bir necha oy davomida ingliz tilini o‘rgangani, so‘ngra Fransiyaga yetib kelgani, u yerda Alphajet'da nazariy va parvoz mashg‘ulotlaridan o‘tgani haqida xabar bergan edi. Bu samolyotlar G‘arb davlatlari Ukrainaga yetkazib bergan F-16 qiruvchi samolyotlarida qo‘llanadigan asboblar paneli bilan jihozlangan. Guruh kelajakda Ruminiyadagi o‘quv markaziga borishi kutilmoqda. Fransiya harbiy-havo kuchlari F-16 qiruvchi samolyotlaridan foydalanmaydi.

F-16'ning Ukrainaga yetkazib berilishi

Iyul oyining so‘nggi kunida va’da qilingan 79 ta F-16 qiruvchisining dastlabki o‘ntasi Ukrainaga yetkazilgan. The Economist gazetasining 4 avgust kuni xabar berishicha, bu voqea AQSh prezidenti Jo Baydenning «ikkilanib qolgan» ma’muriyati «nihoyat o‘zining g‘ayratli yevropalik ittifoqchilariga ularni yuborish uchun yashil chiroq yoqqanidan» bir yil o‘tgach sodir bo‘ldi. 2024 yil oxirigacha Ukraina Amerikada ishlab chiqarilgan 20 ta shunday qiruvchi olishi kerak. Daniya va Niderlandiya boshchiligidagi koalitsiya tomonidan va’da qilingan qolgan F-16 samolyotlari 2025 yil davomida partiyalar bo‘lib keladi.

Ko‘proq yangiliklar: