Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda qizlarni O‘mon davlatiga fohishalikka jo‘natgan ayollarga sud hukmi o‘qildi
Ikki ayol qizlarni ishga yuborishini aytib O‘monga yuborgan. So‘ng ularni fohishalik qilishga majburlagan.

Foto: Videodan kadr
Samarqandda qiz va ayollarni O‘mon davlatiga fohishalikka jo‘natish bilan shug‘ullanib kelgan ikki ayolga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, asli Farg‘onadan bo‘lgan 32 yoshli ayol yosh qizlarni O‘mon davlatida fohishalikka majburlab kelgan. U o‘zining jinoiy qilmishiga jizzaxlik ayolni sherik qilgan.
Bu ikki ayol chet elga chiqish orzusida yurgan qizlarni viza va boshqa xarajatlarini to‘lab, ularni 2021 yildan boshlab xorijga yuborgan. Qizlarning orasida farg‘onalik ayolning ovsini ham bo‘lgan.
“Zamon” informatsion dasturida berilgan lavhada ayol uy olish va sharoitini yaxshilash uchun ishlash maqsadida borganini, biroq manzilga yetgach o‘z ovsini uni fohishalikka majburlaganini aytgan.
"Men borganimda umuman til bilmasdim, tushunmasdim. U gaplashib, qizlarni mehmonxonaga tashlab chiqardi. Men ofitsiantlikka borgan edim, keyin meni fohishalikka majburladi",- deydi ayol.
Guvohlardan biri sudlanuvchi u yerga juda ko‘p qizlarni chaqirib bergani, 18 ta qiz bor, deb eshitganini ta’kidlagan. Shuningdek, jabrlanuvchilar ikki ayol ularni kuch ishlatib jazolaganini ham aytishgan.
Holat yuzasidan sud ishi Samarqand shahar sudida ko‘rib chiqildi. Bu haqda "Zamon" dasturi xabar qildi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudida o‘tkazilgan sud majlisida sudlanuvchilar Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismining tegishli bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilgan.
Har ikki ayolga nisbatan 5 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ijro nazoratining kuchaytirilishi, Samarqanddagi «qo‘ziqorin uy», suvga cho‘kish fojialari – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:47 / 28.07.2025
-
Xitoy tug‘ilishni rag‘batlantirish maqsadida har bir bola uchun pul to‘laydi
Jahon | 23:46 / 28.07.2025
-
Sankt-Peterburgda xorijliklarga 2025 yil oxirigacha taksi haydovchisi bo‘lib ishlash taqiqlandi
Jahon | 23:26 / 28.07.2025
-
Bastakor Sultonali Rahmatov vafot etdi
Jamiyat | 22:59 / 28.07.2025
Mavzuga oid

14:09 / 28.07.2025
Samarqandda noqonuniy qurilgan 12 qavatli mashhur binoni buzish boshlandi

15:48 / 14.07.2025
The Samarkand express poyezdi loyihasi uchun 25 mln dollar investitsiya kiritilyapti

20:48 / 12.07.2025
Taxtaqoracha dovonida pulli tunnel quriladi

22:00 / 05.07.2025