Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi

O‘zbekiston 07:48 / 20.09.2024 2416

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovning xabar berishicha, orden elchining ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va ishonch, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yangi bosqichga ko‘tarish, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni amaliy ma’no-mazmun hamda muhim tashabbuslar bilan boyitish, ustuvor yo‘nalishlardagi aloqalarni kengaytirish va har tomonlama rivojlantirish yo‘lidagi ulkan xizmatlari uchun berilgan.

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov mukofotni bugun elchiga topshirdi. 

“Elchi janoblari va uning jamoasini chin yurakdan tabriklaymiz!” - deb yozadi vazir.

Ko‘proq yangiliklar: