Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanida tadbirkorning binosidan foydalanishga ruxsatnoma olib berishni va’da qilgan kadastr muhandisi ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabariga ko‘ra, Kadastrlar palatasi Qorovulbozor tumani filiali yetakchi muhandisi M.S. fuqaro A.X.ning ishonchiga kirib, tumandagi “Bo‘zachi” MFY hududida joylashgan tadbirkor J.S.ga tegishli qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash obekti binosini Buxoro viloyati Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasidan ro‘yxatdan o‘tkazishi va foydalanishi uchun ruxsatnoma olib berishi evaziga fuqaro A.X.dan 3 ming dollar olganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.