1 dekabrdan boshlab Moskva aeroportlarida sinov tariqasida Rossiyaga kirib kelayotgan xorijliklarning fotosurati va barmoq izlarini olish tartibi ishga tushiriladi. Bu haqda Rossiya ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Gorovoy ma’lum qildi.
«Bu hali tajriba. Algoritm sinovdan o‘tkazilgandan so‘ng, hukumat FXX xodimlari bilan birga uni barcha chegara o‘tish joylarida joriy qilish masalasini ko‘rib chiqadi», dedi u.
Moskva «chet el fuqarolari kirib keluvchi an’anaviy va yirik transport markazi» bo‘lgani uchun sinov o‘tkaziladigan joy sifatida tanlangan.
Shu bilan birga, xuddi shunday nazorat tizimi Qozog‘iston bilan chegaradosh Orenburg viloyatidagi «Mashtakovo» chegara nazorat punktida ham paydo bo‘ladi.