Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyada O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari savdo uyi ochildi
O‘zbekiston elchisi Abat Fayzullayev Italiyaning Prato shahridagi T.I.S. – Textile Innovation Sustainability Italy kompaniyasi direktori va hamta’sischisi Janfranko Trupiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: "Dunyo" AA
Suhbat davomida joriy yilning may oyida imzolangan T.I.S. kompaniyasi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Milandagi Italiya-O‘zbekiston savdo palatasi o‘rtasidagi hamkorlik memorandumi asosida tashkil etilgan to‘qimachilik mahsulotlari Savdo uyi faoliyati xususida fikr almashildi.
T.I.S. kompaniyasi rahbarining aytishicha, Savdo uyi 200 dan ortiq doimiy mijozlarga ega, ularning asosiy qismini tikuvchilik fabrikalari tashkil etadi.
Savdo uyi Italiyaning aynan Prato sanoat hududida ochilishi bejiz emas. Bu yerda paxta va jun to‘qimachiligi XX asr boshida rivojlana boshlagan. Bugungi kunga kelib Pratoda 7 mingdan ortiq yengil sanoat korxonalari faoliyat yuritmoqda va ulardan 2 mingtasi bevosita to‘qimachilik faoliyati bilan shug‘ullanadi. Prato dunyo bozorlariga kalava ip, tabiiy tola va jundan mato, sintetik mato, kiyim-kechak, uy tekstili kabi mahsulotlarni yetkazib beradi. Yillik eksport hajmi qariyb 2 milliard yevroga teng.
Muloqot yakunida T.I.S. kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan Savdo uyi bilan doimiy ravishda tijoriy takliflar va buyurtmalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda O‘zbekistondan to‘qimachilik mahsulotlari eksportini kengaytirishga kelishildi.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina Rossiyaga kelasi hafta yangi muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi – Zelenskiy
Jahon | 23:10 / 19.07.2025
-
Xitoy Tibetda dunyodagi eng yirik GES qurishni boshladi
Jahon | 22:48 / 19.07.2025
-
Ozarboyjon AZAL samolyoti halokati bo‘yicha Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda
Jahon | 22:12 / 19.07.2025
-
Klasterlarning fermerlar oldida juda katta qarzdorligi bor - Qudbiyev
Iqtisodiyot | 21:56 / 19.07.2025
Mavzuga oid

07:35 / 18.07.2025
Yevropaning uch davlati Ukraina uchun AQSh qurollariga pul to‘lamaydi

20:50 / 16.07.2025
2026 yilgi Qishki Olimpiada medallari taqdim etildi

23:21 / 12.07.2025
Italiya mafiyasining Lotin Amerikasidagi yetakchisi qo‘lga olindi

20:03 / 08.07.2025