Hakamlik sudlarini ro‘yxatdan o‘tkazish faqat DXM va YaIDXP orqali amalga oshiriladi

O‘zbekiston 07:54 / 19.09.2024 765

Hujjat bilan Siyosiy partiyalarning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini davlat tomonidan moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga Qonunga kiritilgan tegishli o‘zgartirishlardan kelib chiquvchi o‘zgartirishlar kiritildi

Shuningdek, quyidagi nizomlar yangi tahrirda qabul qilindi:

  • Hakamlik sudlari hisobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi;
  • Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarni hisob ro‘yxatiga olish tartibi to‘g‘risidagi;
  • Nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi.

O‘zgartirishlar me’yorlarni qonunchilikdagi so‘nggi o‘zgartirishlarga muvofiqlashtirishga qaratilgan.

Yuqorida ko‘rsatilgan davlat xizmatlari hamda NNTlarning chet el fuqarolari bo‘lgan xodimlarini va ularning oila a’zolarini akkreditatsiya qilish faqatgina DXM va YaIDXP orqali amalga oshiriladi. 

Ko‘proq yangiliklar: