Toshkentda BAIC brendining subdilerlik markazi ochildi

O‘zbekiston 15:42 / 18.09.2024 20221

Xitoy avtomobil brendlarining O‘zbekiston avtomobil bozoridagi ulushi barqaror o‘sishda davom etmoqda. Xususan, o‘zining ilg‘or texnologiyalari va innovatsion dizayni bilan avtomobil ishqibozlariga yaxshi tanish bo‘lgan BAIC brendi O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirib, Toshkentda yangi subdilerlik markazini ochgani buning yaqqol namunasi hisoblanadi.

BAIC Xitoyning eng qadimgi va yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilardan biri bo‘lib, uning tarixi 1958 yilga borib taqaladi. Kompaniya nafaqat Xitoy avtomobilsozlik sanoatida, balki dunyo miqyosida ham o‘z o‘rniga ega. Yillar davomida BAIC o‘z takliflarini, ya’ni yengil avtomobillardan tortib, yo‘ltanlamaslari va tijorat avtomobillariga qadar diversifikatsiya qilib, uni avtomobilsozlik sohasidagi ko‘p qirrali brendga aylantirdi.

BAIC avtomobillari zamonaviy dizayni, yoqilg‘i samaradorligi va ilg‘or texnologiyalarning uyg‘unligi bilan mashhur. Subdilerlik markazining ochilish kunida kompaniya mijozlar uchun: X7, BJ30 va U5 PLUS modellarini namoyish etdi. Ilg‘or texnologiyalar va innovatsion dizayn bilan ishlab chiqilgan ushbu avtomobillar BAIC’ning jahon bozorlarida o‘sib borayotgan ta’sirini aks ettiradi.

BAIC INTL kompaniyasi vitse-prezidenti Zhao Pengfei 66 yillik tarixga ega kompaniya Xitoyning yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilaridan biri ekanligini ta’kidladi:

“Bugungi taqdimotdan boshlab, BAIC rasman O‘zbekiston bozoriga chiqadi. Bugun biz to‘rtta avtomobil modelini olib keldik va birinchi navbatda o‘zbek bozorida yangi modellarni taqdim etishni rejalashtiryapmiz. Kelasi yildan boshlab ichki yonuv dvigateliga ega avtomobillardan tashqari, gibrid va elektr avtomobillarini ham bosqichma-bosqich joriy etamiz.

Kelajakda biz O‘zbekistonni asosiy bozor sifatida ko‘rib chiqishni, shuningdek, BAIC korporatsiyasi uchun Markaziy Osiyodagi strategik va namunali bozor sifatida tan olishni rejalashtiryapmiz.

Biz O‘zbekiston bilan birga rivojlanishni niyat qilganmiz. Bugun bu yerda to‘rtta ajoyib avtomobil modeli namoyish etilmoqda.

 Biz ishonamizki, U5 PLUS sedan modeli O‘zbekiston bozorida muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston iste’molchilari ushbu modelning zamonaviy dizayni va shinam salonini albatta qadrlaydilar.

Ikkita yo‘ltanlamas modeli, X7 va X55, ilg‘or elektron tizimlar bilan jihozlangan. Xususan, X7 modeli avtomatik parkovka va haydovchiga yordam berish funksiyalari bilan ajralib turadi. Multimedia tizimi ham yuqori darajada. BJ30 — O‘zbekistonda taqdim etilayotgan BJ seriyasining ilk mahsulotidir. Kelajakda ushbu seriyaning boshqa modellari, masalan, BJ41 va BJ60, benzin va gibrid dvigatellari bilan paydo bo‘ladi. BJ30 bu yil jahon bozoriga chiqarilgan eng yangi modeldir. U benzin dvigateli va gibrid versiyada mavjud. Ishonamanki, bu to‘rtta model a’lo natijalarni ko‘rsatadi. Kelgusida biz sifatli mahsulotlarni taqdim etishda davom etamiz”.

BAIC X7 bu – zamonaviy avtomobil dizaynining cho‘qqisini ifodalovchi mashina bo‘lib, unumdorlik, qulaylik va ilg‘or texnologiyalar o‘rtasida ideal muvozanatni ta’minlaydi. 188 ot kuchiga ega avtomobil 1,5 litrli turbo dvigatel bilan jihozlangan. X7 0ʼdan 100 km/soat tezlikka taxminan 9,8 soniyada erisha oladi, bu o‘z sinfidagi avtomobil uchun yaxshi ko‘rsatkich hisobladi. Mashina 100 km masofani bosib o‘tish uchun o‘rtacha 8 litr yonilg‘i sarflaydi.

BAIC X7 haydovchi va yo‘lovchilar uchun qulaylikni birinchi o‘ringa qo‘yadi. Mashinaning salon qismi ancha keng. Salondagi o‘rindiqlar charmdan ishlangan. Avtomobilda 12,3 dyumli axborot-ko‘ngilochar ekran va panoramali lyuk o‘rnatilgan bo‘lib, u hashamat va qulaylikni uyg‘unlashtiradi.

BAIC BJ30 yo‘ltanlamasining zamonaviy tashqiri ko‘rinishi hamda yoqilg‘i samaradorligi undan nafaqat shahar tashqarisida balki katta shaharlarda ham foydalanishga imkon beradi.

BJ30’ning 1,5 litrli turbo dvigateli 150 ot kuchiga ega. Avtomobil soatiga 100 km tezlik olishi uchun, 7 soniya kifoya qiladi. Yonilg‘i sarfi 100 km uchun o‘rtacha 8 litrni tashkil qiladi.

Klassik yo‘ltanlamas avtomobillarni eslatuvchi BJ30'ning dizayni LED faralar va agressiv ko‘rinishdagi bamperlar bilan to‘ldirilib, unga zamonaviy, o‘ziga xos tashqi dizayn kasb etgan.

U5 PLUS - bu BAIC kompaniyasining sedan taklifi bo‘lib, u hamyonboplik, qulaylik va uslub muvozanatini izlayotgan mijozlar uchun mo‘ljallangan. Mashina 1,5 litrli atmosfera dvigateli bilan jihozlangan bo‘lib, 116 ot kuchiga ega. Yonilg‘i sarfi 100 km uchun o‘rtacha 6,2 litrni tashkil qiladi.

Umuman olganda taqdim etilgan barcha modellar ilg‘or texnologiyalar uyg‘unligi, zamonaviy dizayni va hamyonbopligi bilan tadbirga yig‘ilganlarning e’tiborini jalb qila oldi.

BAIC tomonidan mijozlarga taklif etilayotgan modellar haqidagi barcha ma’lumotlarni kompaniyaning rasmiy saytidan bilib olishingiz mumkin.

Ma’lumot uchun👇🏻

Tashkent : SUNSHINE Motors  +998 93 273 38 88
                     SST  Motors  +998 78 113 00 71
                     ORIENT  Motors  +998 71 230 09 90

Samarqand : TREND PREMIUM Motors +998 55 705 10 10

Instagram BAIC global: https://www.instagram.com/baicglobal/ 

Instagram BAIC O’zbekiston: https://www.instagram.com/baic_uzbekistan/

Sayt: https://www.baicglobal.com/

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: