O‘zbekiston va Tojikiston davlatlar o‘rtasida yangi havo yo‘lagi yaratadi

O‘zbekiston 10:43 / 18.09.2024 2533

«O‘zaeronavigatsiya» markazi va «Tojikaeronavigatsiya» DUK vakillari o‘rtasida Toshkent va Dushanbe havo harakatiga xizmat ko‘rsatish hududida o‘zaro hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risida bitim imzolandi.

«Tojikaeronavigatsiya» DUK matbuot markazining xabar berishicha , idora ishchi guruhi O‘zbekistonga tashrif buyurib, «O‘zaeronavigatsiya» markazi rahbariyati bilan muzokaralar olib bordi.

Uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston hududidan boshlanib, Tojikiston hududida AGVUT punktida tugaydigan yangi havo yo‘nalishining texnik jihatlarini ham muhokama qildilar.

Xabarda qayd etilishicha, yangi havo yo‘lagi operatorlar uchun vaqt va yonilg‘i sarfini tejash nuqtayi nazaridan juda foydali.

Tojikiston delegatsiyasi o‘zbekistonlik hamkasblariga Tojikiston aeronavigatsiyasining yangi mahsuloti – parvozlarni rejalashtirish avtomatlashtirilgan tizimi hamda PBN (performance based navigation – samolyotlarga istalgan trayektoriya bo‘ylab parvoz qilish imkonini beruvchi navigatsiya usuli)ni joriy etish natijalarini taqdim etdi. 

Bundan tashqari, Tojikiston ishchi guruhi Uzbekistan Airways aviakompaniyasining o‘quv binosida joylashgan Aeronavigatsiya axboroti xizmati va O‘quv-mashg‘ulot markazida bo‘ldi.

Ko‘proq yangiliklar: