O‘zbekiston elektron hukumat reytingida 6 pog‘ona yuqoriladi

O‘zbekiston 20:32 / 18.09.2024 1539

BMTning Ijtimoiy va iqtisodiy masalalar departamenti (UNDESA) 200 ga yaqin a’zo davlatlar elektron hukumatining rivojlantirish holatini taqdim etuvchi «UN E-Government Survey»ning 2024 yilgi natijalarini e’lon qildi.

Raqamli texnologiyalar vazirligining Kun.uzʼga ma’lum qilishicha, 2022 yil natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston mazkur reytingda 0,7265 qiymat bilan 69-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2024 yilda 0,7999 indeks hisobiga 6 pog‘ona yuqoriga – 63-o‘ringa chiqdi.

«O‘z navbatida ilk marotaba O‘zbekiston elektron hukumatni rivojlantirish indeksi baland guruhidan (High EGDI) juda baland (Very High EGDI) guruhiga qo‘shildi. Ushbu natija «Raqamli O‘zbekiston — 2030» strategiyasining maqsadli ko‘rsatkichlarida 2025 yil uchun belgilangan 0,75 qiymatdan ham oshdi», — deyiladi vazirlik ma’lumotida.

Ko‘proq yangiliklar: