Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent va Xorazmda O‘zbekiston-Eron biznes-forumlari bo‘lib o‘tadi
Joriy yilning 19-20 sentabr kunlari Toshkent shahrida va Xorazm viloyatida O‘zbekiston-Eron qo‘shma biznes-forumlari o‘tkaziladi.
Mazkur tadbirlar O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, mamlakatning Tehrondagi elchixonasi, Investitsiya, sanoat va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Xorazm viloyati va Toshkent shahri hokimligi hamda Eron Savdo-sanoat, konchilik va qishloq xo‘jaligi palatasi va Eron elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.
Biznes-forumlarda ishtirok etish maqsadida Eron Savdo-sanoat, konchilik va qishloq xo‘jaligi palatasi prezidenti Samad Hasanzadeh boshchiligidagi 60 dan ziyod yirik va yetakchi kompaniyalar rahbarlari O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda.
Eron delegatsiyasi biznes-forumda ishtirok etish bilan bir qatorda mamlakatning tegishli vazirlik va idoralarida uchrashuvlar o‘tkazishni hamda erkin iqtisodiy sanoat zonalariga tashrif buyurishni rejalashtirgan.
Tadbir doirasida sanoat, innovatsiya, qishloq va suv xo‘jaligi, oziq-ovqat, baliqchilik, qurilish materiallari, dori-darmon va farmatsevtika, to‘qimachilik, logistika va muhandislik sohalaridagi istiqbolli loyihalar muhokama qilinadi.
Shuningdek, forum davomida Eron biznes doiralari vakillari va Xorazm viloyati hamda Toshkent shahri ishbilarmonlari o‘rtasida V2V formatdagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Ukrainani tiklash: konferensiyada 10 mlrd yevro va’da qilindi
Jahon | 09:56
-
Malayziya O‘zbekistonda bioreaktor tizimiga birinchi zavodni qurishi mumkin
Iqtisodiyot | 09:37
-
Zelenskiy: AQShdan Ukrainaga qurol yetkazib berish qayta tiklandi
Jahon | 09:34
Mavzuga oid

08:07 / 10.07.2025
«Netanyahu sizni urushga boshlamoqda»: Taker Karlson Eron prezidentidan intervyu oldi

13:05 / 09.07.2025
Fransiya razvedkasi: Eronning yadroviy dasturi «uzoq vaqtga» kechiktirildi

05:05 / 09.07.2025
TSAHAL ilk bor Eron hujumi oqibatida harbiy obektlarga shikast yetganini tan oldi - Reuters

21:29 / 08.07.2025