Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘rmon xo‘jaligi ijaradagi yerini 61 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
Toshkentda Ohangaron davlat o‘rmon xo‘jaligining ijara asosida ajratilgan 2 ga yerini 61 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
O‘zbekistonning 4 ta hududida yer maydonlari olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi departament.
Departamentning Toshkent shahri Mirobod tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda fuqaro P.D. va boshqalar ushlangan. Aniqlanishicha, ular o‘zaro til biriktirib, A.D. va X.N. ismli fuqarolarga Ohangaron davlat o‘rmon xo‘jaligiga tegishli yer maydoni hududidan uzoq muddatli ijara shartnomasi asosida ajratilgan 2 gektar yer maydonini 61 000 dollarga sotishga kelishgan. Yer maydoni hujjatlarini tanishlari yordamida nomiga rasmiylashtirib berishini aytib, oldindan 20 000 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Andijon viloyatidagi holatda fuqaro N.T. fuqaro A.P.ning yaqin qarindoshiga Asaka tumani «Yoshlar sanoat zonasi» hududidan ajratilgan 5 sotix yer maydonini go‘yoki tuman hokimligida ishlovchi tanishlari yordamida uning nomiga rasmiylashtirib olib berishni va’da qilgan. DXX va departament tadbirida xizmati evaziga 20 000 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Navoiy viloyati Konimex tuman bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Sh. B. auksion savdosi orqali sotib olgan Qiziltepa tumanidagi 3 sotix yer maydonini hamda ushbu hududga tutash yana 4 sotix yer maydonini fuqaro X.P.ga 15 000 dollariga sotishga kelishgani aniqlangan. U go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida yer maydoni hujjatlarini 4000 dollar evaziga rasmiylashtirib berishini va’da qilib, jami 19 000 dollarni olgan vaqtida qo‘lga tushgan.
Xorazm viloyatidagi tadbirda fuqaro N.A. ushlangan. U fuqaro A.B.ning ishonchiga kirib, unga Yangibozor tumani «Xalqobod» massivida joylashgan hokimlik zaxirasidagi 6 sotix maydonini go‘yoki kadastr bo‘limida ishlovchi tanishlari yordamida hujjatlarini rasmiylashtirib olib berishni va’da qilgani ma’lum bo‘lgan. U buning evaziga 1000 dollar va 17,5 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) va 28, 211-moddasi (Pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Axborot sohasida nazorat va monitoring sobiq AOKAdan O‘zkomnazoratga o‘tdi
O‘zbekiston | 11:40
-
Putinning maslahatchisi: AQSh bilan muloqot davom etadi
Jahon | 11:27
-
Fuqarolarga ikkinchi oliy ta’lim olish uchun onlayn ariza yuborish tartibi joriy qilinadi
O‘zbekiston | 11:25
-
768 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan nodavlat ta’lim muassasasi aniqlandi
Jamiyat | 11:24
Mavzuga oid

13:27 / 10.07.2025
Toshkent viloyatida 420 ming dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

10:11 / 06.07.2025
Toshkentda o‘ziga tanish ayolni Rossiyaga fohishalik uchun jo‘natayotgan shaxs to‘xtatildi

08:30 / 04.07.2025
Ohangaron shahar hokimligining mansabdor xodimi tezkor tadbirda qo‘lga olindi

21:14 / 29.06.2025