Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida — kuchli suv toshqinlari ro‘y bermoqda. Dam olish kunlarida materik uzra «Boris» bo‘roni o‘tdi va kuchli yomg‘irlar boshlandi. Tabiiy ofatdan eng ko‘p zararni Avstriya, Chexiya, Polsha, Ruminiya, Slovakiya, Vengriya davlatlari ko‘rishmoqda. Ushbu mamlakatlardagi ko‘plab shaharlar va qishloqlarni to‘liq suv bosgan, o‘n minglab kishilar elektr energiyasisiz qolgan. Polsha va Chexiyada ikki to‘g‘on buzilib ketgan. Vena atrofidagi hududlar halokat zonasi deb e’lon qilindi. Bratislavada favqulodda holat rejimi joriy etilgan. Qator regionlarda rasmiylar fuqarolarni shoshilinchda evakuatsiya qilmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, suv toshqini oqibatida kamida yetti kishi halok bo‘lgan (Avstriyada qutqaruv amaliyotida ishtirok etgan o‘t o‘chiruvchi, Polshada bir kishi, Ruminiyada besh kishi). Chexiyada bir necha kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.
Kun Yangiliklari
O‘zbekiston bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlari narxi e’lon qilindi
07:57 / 01.07.2022
25561
Noyabr oyi uchun «palov indeksi» e'lon qilindi
08:11 / 01.12.2021
34514