Toshkentda odamlarning mulkini aldov yo‘li bilan egallagan shaxslar ushlandi
Ular odamlarga foiz evaziga pul berib, qarz olgan shaxsning nomida bo‘lgan turar joy va boshqa ko‘chmas mulklarini garov evaziga o‘z nomiga rasmiylashtirib olgan.

Foto: Toshkent shahri IIBB
Toshkentda odamlarning mulkini firib va aldov yo‘li bilan egallagan 3 nafar shaxs ushlandi. Bu haqda Toshkent shahri IIBB xabar berdi.
Qayd qilinishicha, 1989 yilda tug‘ilgan Rominov Sardor Farxodovich, 1990 yilda tug‘ilgan Yuldashev Baxtiyor Xabibulla o‘g‘li, 1993 yilda tug‘ilgan Xusainov Timur Rustamovich Jinoyat kodeksining 168-moddasi («Firibgarlik») bilan tergov qilinayotgan jinoyat ishi doirasida qo‘lga olingan.
Ushbu shaxslar odamlarga foiz evaziga pul berib, qarz olgan shaxsning nomida bo‘lgan turar joy va boshqa ko‘chmas mulklarini garov evaziga o‘z nomiga rasmiylashtirib olgan.
Odamlar belgilangan muddatda qarzni bermagan taqdirda uy-joydan oilasi bilan chiqarib yuborish va mulkini tortib olish bilan shug‘ullangan. Shu bilan birga, garovga qo‘yilgan mulk miqdori foiz evaziga berilgan pul mablag‘idan 3-4 barobar ko‘p bo‘lgan. Shuningdek, ular fuqaro bilan qarz yoki oldi-sotdi shartnomasi tuzilganidan so‘ng, kelishilgan summadan kam miqdorda pul bergan.
Qayd qilinishicha, gumondorlarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Mavzuga oid

23:28 / 10.03.2025
Rossiyadan ko‘chmas mulk xarid qilayotgan o‘zbekistonliklar soni oshgani ma’lum bo‘ldi

21:10 / 08.03.2025
Yangiyo‘lda ko‘prikning bir qismi o‘pirildi

09:21 / 08.03.2025
Tez yordam xodimlari uy yo‘lagida tashlab ketgan fuqaroning holati haqida ma’lumot berildi

16:24 / 07.03.2025