Rossiyadagi maktabda o‘quvchi tengdoshlariga bolg‘a bilan hujum qildi

Jahon 19:31 / 16.09.2024 3069

Rossiyaning Chelyabinsk shahridagi maktabda o‘quvchi o‘z sinfdoshlari va o‘qituvchiga bolg‘a bilan hujum qildi. Oqibatda bir necha o‘quvchi jarohat oldi. Hujumchi «Rosgvardiya» tomonidan ushlandi.

Chelyabinskdagi 68-maktabga hujum 16 sentabr kuni ertalab sodir bo‘ldi. Tergov qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, maktabning 13 yoshli o‘quvchisi «turli buyumlar bilan tengdoshlari va o‘qituvchisiga tan jarohati yetkazgan». Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, o‘quvchi binoga bolg‘a, pichoq va to‘pponcha olib kelgan.

Maktab o‘quvchilaridan birining aytishicha, hujum birinchi darsdan keyingi tanaffus vaqtida sodir bo‘lgan. Hujumchi biologiya kabinetiga bolg‘a bilan kirgan va o‘quvchilarga zarba bergan. O‘qituvchi ularni himoya qilishga uringan. Jabrlanganlar orasida ikki qiz, bir o‘g‘il va o‘qituvchi borligi ta’kidlanmoqda.

«Rosgvardiya» xodimlari voqea joyiga yetib borgan, hujum qilgan shaxs qo‘shimcha tergov o‘tkazish uchun politsiya bo‘limiga olib ketilgan.

Ba’zi ma’lumotlariga ko‘ra, tengdoshlariga hujum qilgan o‘smir maktab psixologida hisobda turgan va «o‘z joniga qasd qilish o‘yinlarining ishtirokchisi» bo‘lgan.

Chelyabinsk Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, hujum qurbonlarining ikki nafari jarrohlik amaliyotiga yuborilgan, yana ikki nafari ixtisoslashtirilgan bo‘limlarga yotqizilgan va jarrohlik muolajaga muhtoj emas.

Tergov qo‘mitasi «qotillikni tashkil etish» va «mansab vakolatini suiiste’mol qilish» moddalari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atganini ma’lum qildi. Birinchi moddaga ko‘ra, jinoyatchi umrbod, ikkinchisiga ko‘ra besh yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: