Xitoy yangi avlod palubali qiruvchi samolyotini sinovdan o‘tkazishni boshladi

Jahon 00:09 / 15.09.2024 7711

Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi (XXOA) yangi avlod palubali qiruvchi samolyotini sinovdan o‘tkazishni boshladi. Bu haqda mamlakat Markaziy televideniyasi efirida harbiy uchuvchi Chjan Naygan ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoy J-31 yoki J-35 nomini olgan palubali qiruvchi samolyotni yaratish ustida ish olib bormoqda. U o‘zining ilk parvozini 2012 yilda amalga oshirgan Xitoydagi ikkitalik og‘ir dvigatelga ega beshinchi avlod FC-35 ning modifikatsiya variantlaridan biri hisoblanadi. 

Ayni vaqtda mamlakat armiyasining asosiy palubali qiruvchi samolyoti J-15 bo‘lib, u ham Xitoy tomonidan yaratilgan va Ukrainaning Su-33 havo kemasi prototip sifatida olingan.

Ma’lumotlar sir ekaniga qaramay, harbiy tahlilchilarning hisoblashicha, qiruvchi samolyot kema palubasiga joylasha oladigan yangi avlod havo kemasidir. «Ko‘rinmas» qiruvchi samolyotning suratlari Xitoydagi qurollarga oid yangiliklarni yoritishga ixtisoslashgan saytlarda paydo bo‘lishi J-35 foydalanishga deyarli tayyor ekanidan dalolat beradi.

Avvalroq Tayvan Milliy mudofaa vazirligi Xitoyga tegishli jami 27 ta uchish apparati, jumladan, J-16 qiruvchilari, KJ-500 radiolokatsion kuzatuv samolyotlari, shuningdek, uchuvchisiz boshqariladigan uchish apparatlari orolga yaqinlashganini qayd etgandi.

Ko‘proq yangiliklar: