Pepsi Music Fest 2024: Toshkent faxriga aylangan jahon miqyosidagi festival! 

O‘zbekiston 11:47 / 14.09.2024 2366

6 sentabr kuni Macan va Xcho ishtirokida musiqiy "portlash" bo‘ldi! Tomoshabinlar har bir xit qo‘shiqni birgalikda kuylab hayqirishdi! "Memories" va "Prostuda" nomli xitlar ijro etilganda, Macan "Asphalt 8" treklarini kuylaganida katta bir energiya barchani bir musiqiy to‘lqinda birlashtirganini his qildik. O‘sha daqiqalar har bir muxlisda kuchli hayajon  bo‘lgani aniq. 

7 sentabr Willy William bilan haqiqiy raqs drayvi kuni bo‘ldi. Uning sho‘x musiqasiga tinmay raqs tushishdi! Lekin bu hali hammasi emas – oqshomga yaqin 20 000 ta LED brasletdan iborat ajoyib yoritkichlar shousi boshlandi. Shouda yoritkichlar ranglari musiqa ritmiga mos holda o‘zgarib, juda go‘zal manzara hosil bo‘ldi. 

8 sentabr kuni muxlislar maftunkor Nicole Scherzinger'ning qo‘shiqlarini birgalikda kuylashdi. U tomoshabinlar bilan o‘zbek tilida salomlashganida tomoshabinlarning olqishlaridan maydon larzaga keldi! "Buttons", "Hush Hush" va "Right There" xitlari kuchli aks-sado berdi, tomoshabinlar esa xursand bo‘lib qiyqirishdi! Uzoq daqiqalik chiqishidan so‘ng san’atkor hammaga “Rahmat” so‘zini aytib, iliq kutib olingani uchun minnatdorlik bildirganida odamlar yana ham ta’sirlanishdi. 

Festival mehmonlar uchun mo‘jizaviy syurpriz bo‘lgan dron-shou va yorqin mushakbozlik bilan yakunlandi. 

Shunday qilib, Pepsi Music Fest 2024 musiqa hammani birlashtirishi, orzularga yo‘l ochishi va unutilmas emotsiyalar berishini yana bir bor isbot etdi. Bu festival shunchaki tadbir emas – Toshkent ahliga jahon musiqa san’atining yangi darajasini taqdim qildi. Va bu faqat boshlanishi! Yangiliklarni Instagram'dagi Pepsi Uzbekistan rasmiy sahifasi orqali kuzatib boring – sizni bundan ham ko‘proq syurprizlar kutyapti!

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: