Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Global kiberxavfsizlik indeksidagi o‘rnini yaxshiladi
O‘zbekiston 100 ballik tizimda 89,2 ball to‘pladi va reytingning ikkinchi (ilg‘or) guruhiga kirdi.

Foto: Reuters
BMT Xalqaro elektraloqa ittifoqi (ITU) «2024 yilgi Global kiberxavfsizlik indeksi» (GCI) bo‘yicha hisobotini (.pdf) e’lon qildi.
Yangi metodologiyaga ko‘ra, O‘zbekiston 100 ballik tizimda 89,2 ball to‘pladi va reytingning ikkinchi guruhiga (Tier 2) kirdi. 2020 yilda e’lon qilingan avvalgi hisobotda O‘zbekiston 71,11 ball to‘plagan edi.
GCI reytingi kiberxavfsizlikning beshta asosiy yo‘nalishi: qonunchilik, texnik, tashkiliy jihatlar, salohiyatni rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni qamrab oluvchi 83 parametr asosida tuzilgan. 2024 yilgi hisobot mamlakatlarning kiberxavfsizlik sohasidagi yutuqlarini yanada aniqroq baholash uchun yangilangan besh bosqichli tahlildan foydalandi. Darajalarga Tier 1 (namunali), Tier 2 (ilg‘or), Tier 3 (o‘rnatilayotgan), Tier 4 (rivojlanayotgan) va Tier 5 (shakllanayotgan) bosqichlarga kiradi.
O‘zbekiston Xitoy, Avstriya, Kanada, Rossiya, Qozog‘iston va Ozarboyjon kabi davlatlar qatorida Tier 2 – ilg‘or guruhiga kirdi. Baholashda dunyoning 194 davlati ishtirok etdi.
Eng yaxshi Tier 1 guruhidan Avstraliya, Yaponiya, AQSh, Singapur, Italiya kabi davlatlar joy oldi.
Yangi metodologiya 2023 yildagi ishlarni baholaydi va indeks har ikki yilda yangilanadi.
Mavzuga oid

16:54 / 08.07.2025
BMT Bosh Assambleyasi «Tolibon» siyosatini keskin qoralovchi rezolyutsiyani ma’qulladi

15:49 / 07.07.2025
Bolalar soni eng kam bo‘lgan mamlakatlar ma’lum qilindi

18:56 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi

08:27 / 02.07.2025