Inbazar do‘konida yosh xodim xatosi uchun kaltaklandi

Jamiyat 19:09 / 14.09.2024 32244

Ijtimoiy tarmoqlarda Inbazar savdo tarmog‘i xodimi qo‘l ostidagi yosh xodimni kuch ishlatib, jazolayotgani aks etgan video tarqaldi. Xodim, garchi «bilmasdan qildim», deya uzr so‘raganiga qaramay, rahbari yosh yigitning yuzi va tanasiga 5-6 marotaba urgan. Shuningdek, haqorat ham qilgan.

Inbazar asoschisi Xolmatov Omadbek bu holat bo‘yicha qonuniy chora ko‘rilishini ma’lum qildi.

«Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoni ko‘rib, o‘zim shok bo‘lib qoldim. Bu qilingan ablahona ishi uchun albatta qonuniy javobgarlikka tortilishiga ishonchimiz komil. Yillar davomida ishxonada o‘zaro hurmat bo‘lishiga harakat qilamiz, lekin ko‘p odam ishlagani uchun buni nazoratini ola olmay qolibmiz. Buning uchun uzr so‘raymiz.

Lekin bu zo‘ravonlikka qarshimiz, bu holat bo‘yicha qonuniy choralar ko‘rilyapti. Tafsilotlarini aytamiz», degan do‘kon asoschisi.

Ko‘proq yangiliklar: