Rossiya qo‘shinlari Kursk oblastida qarshi hujumga o‘tdi. Bu haqda 12 sentabr, payshanba kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy, shuningdek, Rossiya Mudofaa vazirligi rasman ma’lum qildi. Avvalroq faqat norasmiy manbalar Rossiyaning qarshi hujumi boshlangani haqida xabar bergan edi.
Zelenskiy Kursk yaqinidagi voqealar «Ukraina rejasi» asosida sodir bo‘layotganini ta’kidladi. Rossiya Mudofaa vazirligi, o‘z navbatida, avvalroq Ukraina armiyasi tomonidan bosib olingan o‘nta aholi punkti ustidan «nazorat tiklangani» haqida xabar berdi.
Bir kun avval Ukrainaning DeepState OSINT-loyihasi Rossiya armiyasining Kursk oblastidagi hujum harakatlari davomida rus qo‘shinlari zirhli texnikalarni Seym daryosi va mintaqadagi kichikroq daryolar orqali o‘tkazishga muvaffaq bo‘lganini yozgan edi. Rossiyaning urush tarafdori bo‘lgan Telegram-kanallari ham Kursk yaqinida rus armiyasining qarshi hujumi haqida e’lon qildi. Bundan tashqari, «Rossiya qo‘shinlari tomonidan o‘nta aholi punktini tozalash va nazorat qilish» haqidagi ma’lumot «RIA Novosti» agentligiga «Axmat» maxsus kuchlari qo‘mondoni, general mayor Apti Alaudinov tomonidan tasdiqlangan.