Tailandda kuzatilgan to‘fon oqibatida jabr ko‘rganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q

Jahon 08:23 / 13.09.2024 1917

O‘zbekistonning Bangkok shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, toshqinda suv sathi 1 metrga yetdi va u juda kuchli oqimni yuzaga keltirdi.

Kuchli yomg‘ir va undan keyingi suv toshqini Tailand shimolida ikkita ko‘chkiga sabab bo‘ldi. Ko‘chki oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi va 9000 ga yaqin xonadon seldan jabr ko‘rdi.

Tailand vakolatli idoralari tomonidan suv toshqinidan jabr ko‘rgan hududlarda, xususan, Tailand-Myanma chegarasidagi Say daryosi yaqinida aholiga ehtimoliy evakuatsiyaga tayyorgarlik ko‘rish tavsiya qilingan.

Tailandning tabiiy ofat kuzatilgan hududlarida yashovchi va mehnat faoliyatini olib borayotgan O‘zbekiston fuqarolari va ularning oila a’zolari orasidan suv toshqini va ko‘chki natijasida jabr ko‘rganlar aniqlanmadi.

Ko‘proq yangiliklar: