Britaniya IIV rahbari mamlakatdagi “o‘g‘rilik epidemiyasi” haqida nutq so‘zlayotganda uning hamyonini o‘g‘irlab ketishdi

Jahon 16:46 / 13.09.2024 5909

The Guardian xabar berishicha, hodisa vaqtida Jonson Politsiya superintendantlari assotsiatsiyasining anjumanida so‘zga chiqqandi. U o‘z nutqida g‘ayriijtimoiy xulq-atvor, o‘g‘rilik va do‘konlardan mol o‘g‘irlash epidemiyasi tarqalgani haqida ogohlantirgan. Vazirning ta’kidlashicha, “leyboristlar hukumati bu muammoni konservatorlardan meros qilib olgan”.

Konferensiya yakunlanganidan so‘ng, IIV rahbari shaxsiy buyumlari, shu jumladan, hamyoni o‘g‘irlangani to‘g‘risida politsiyaga ariza bilan murojaat qildi. Hozircha jinoyatchi aniqlanmagan.

IIVdagi manba Jonsondan hamyon o‘g‘irlanganini tasdiqladi.

BBC Buyuk Britaniya Milliy statistika xizmati ma’lumotlariga tayanib, xabar berishicha, Angliya va Uelsdagi do‘konlarda o‘g‘riliklar so‘nggi 20 yil ichida eng yuqori darajaga yetgan.

Ko‘proq yangiliklar: