Yerda 7 ballik geomagnit bo‘roni kuzatilmoqda

Jahon 23:56 / 12.09.2024 13638

12 sentabr kuni soat 18:35 (Toshkent vaqti bilan 20:35)da Yer sayyorasida G3 darajasidagi geomagnit bo‘roni kuzatildi.

«Qozog‘iston shimolidagilar ham shimoliy qutb yog‘dusi xodisasiga guvoh bo‘lishayotgan bo‘lishi kerak. Yog‘duning 55 daracha kenglikka qadar, ya’ni Rossiyaning markaziy hududlarigacha tushish ehtimoliy yuqori», — deyiladi xabarda.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, gap kuchli magnit bo‘roni haqida ketmoqda. Monitoring shkalasiga ko‘ra, G3 darajasi — «kuchli». G1 eng zaif, G esa juda kuchli deb hisoblanadi.

Geomagnit bo‘ronlar ob-havoga sezgir va keksa odamlarga, shuningdek, surunkali kasalliklarga chalinganlar va homilador ayollarga ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi. Quyosh faolligi yuqori bo‘lgan kunlarda bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, bo‘g‘im va mushak og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, yuqori qon bosimi, zaiflik va uyqusizlik paydo bo‘lishi mumkin.

May o‘rtalarida Rossiya Fanlar akademiyasi Koinot tadqiqotlari instituti Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi Yerda so‘nggi 20 yildagi eng kuchli magnit bo‘roni yuz berishi to‘g‘risida xabar bergan edi.

Ko‘proq yangiliklar: