Xitoylik ayol farzandini tarbiyalash uchun ishga yubordi. O‘smir esa boyib ketib, o‘qishni tashladi

Jahon 15:37 / 12.09.2024 6149

Xitoyda ona 17 yoshli o‘g‘liga pul topish qanchalik qiyinligini ko‘rsatish uchun uni ko‘cha yeguliklarini sotadigan do‘konchaga ishga yubordi. Ammo o‘smir boyib ketib, o‘qishni tashladi, deb xabar bermoqda South China Morning Post.

O‘g‘lining o‘qishdagi o‘zlashtirishi pasaygani sababli ona unga saboq bermoqchi bo‘lgan. O‘zi bir necha yil davomida shunday do‘konchada ishlagan ayol o‘g‘li Shen kattalar hayotining og‘ir qiyinchiliklariga duch kelsa, ta’lim olishga jiddiy yondashadi, deb o‘ylagan.

10 kun ichida yigit ko‘cha yeguliklari savdosidan 1400 dollar ishlab topdi. Natijada o‘smir biznesmen bo‘lishga qaror qildi. U “o‘qish befoyda” degan o‘y bilan o‘zi tahsil olayotgan oshpazlik maktabini tashladi.

Sotayotgan yeguliklarini Shenning o‘zi tayyorlaydi. Onasining so‘zlariga ko‘ra, u har kuni ertalab soat 09:00 da ish boshlab, yarim tungacha do‘konda qolib ketadi.

O‘g‘lim juda tirishqoq. Uning ishga bunchalik berilib ketishini kutmagandim”, — dedi Shenning onasi.

O‘smirning birinchi maqsadi — uch g‘ildirakli elektr velosiped uchun pul ishlash. Shenning onasi o‘g‘lining o‘qishni tashlash qaroriga ko‘nikdi.

Avvalroq AQShda 12 yoshli bola xayriyaga mablag‘ to‘plash uchun uyda tayyorlangan muzqaymoqlar do‘konchasini ochgandi, ammo ko‘p o‘tmay shahar ma’muriyati uni yopdi. Do‘kon yopilganiga qaramay, bola qolgan muzqaymoqni tarqatishga qaror qilgan va yakunda 20 ming dollar yiqqan.

Ko‘proq yangiliklar: